«O‘zbekinvest» kompaniyasi 2020 yilning I-yarim yilligida xalqaro qayta sug‘urtalash bozorida o‘z ishtirokini 8 barobarga oshirdi
Dunyoda yuzaga kelgan koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlarga qaramay, sug‘urta sektorini rivojlantirishda faol ishtirok etib kelayotgan «O‘zbekinvest» eksport-import sug‘urta kompaniyasi 2020 yilning I-chi yarim yillik faoliyati natijalari bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlarning ijobiy dinamikasini namoyish etib, barqaror o‘sishini ta'minladi va sug‘urta bozorida yetakchilik mavqeyini saqlab qoldi.
Kompaniyaning Lloyd’s va boshqa xalqaro bozorlarda faol ishtiroki natijasida xalqaro qayta sug‘urta bozoridan 345.0 mln AQSh dollari miqdorida majburiyatlarni olishga erishdi, bu ko‘rsatkich 2019 yilning shu davriga nisbatan 8 barobarga oshdi.
Qayta sug‘urta operatsiyalarining keskin ko‘payishiga va qayta sug‘urta qilish geografiyasini tubdan kengayishiga erishildi. Natijada, 279 ta shartnomalar tuzildi va dunyoning 36 mamlakatidan turli xil xavflar sug‘urtaga qabul qilindi.
Ushbu yo‘nalishda kompaniya Allianz SE (Germaniya), Zurich Insurance Group (Shveytsariya), Tokyo Marine & Nichido Fire Insurance Co. Ltd. (Yaponiya), AXA (Fransiya), People Insurance Company of China (Xitoy), Korean Reinsurance Company (Koreya) va boshqa yetakchi transmilliy sug‘urta va qayta sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi.
Shu yilning birinchi yarmida milliy eksportchilarga xorijiy mamlakatlarga tovar va xizmatlar eksporti sug‘urtasi bo‘yicha 712,5 mln AQSh dollari miqdorida sug‘urta himoyasi taqdim etilib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 278%ga o‘sdi.
Tuzilgan shartnomalar bo‘yicha qabul qilingan sug‘urta majburiyatlari 27,7 trln. sumni, ya'ni 2,7 mlrd AQSh dollari ekvivalentini tashkil etdi
Mamlakatimiz aholisi bilan olib borilgan faol ishlar natijasida 19,5 mlrd so‘m miqdorida sug‘urta mukofotlari yig‘ilishi ta'minlandi, bu ko‘rsatkich 2019 yilning shu davriga nisbatan 107%ga o‘sdi.
Kompaniyaning hududiy bo‘linmalari tomonidan 52,2 mlrd so‘m miqdorida sug‘urta mukofotlari yig‘ilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 118%ga o‘sdi, bu usish asosan kishlok joylarda joylashgan tuman sug‘urta bo‘limlari tomondan 35,8 mlrd so‘m miqdorida yigilgan sug‘urta mukofotlari xissasiga tugri kelib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 124%ga o‘sishi kuzatildi.
Korporativ sektorda tashkilotlar bilan olib borilgan faol ishlar natijasida 94,4 mlrd so‘m miqdorida sug‘urta mukofotlari yig‘ilishi ta'minlandi.
2020 yilning I-chi yarim yilligida 328,0 mingdan ortiq jismoniy va yuridik shaxslar bilan shartnomalar tuzildi va kompaniyaning mijozlar bazasi 116%ga kengaydi.
Birinchi yarim yillikda sug‘urta tovonlari to‘lovlarining miqdori keskin oshdi, bunda murojaat etilgan 7 575 ta da'vo bo‘yicha 18,4 mlrd so‘mdan ortiq sug‘urta qoplamalari to‘lab berildi, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,3 barobarga oshdi. Sug‘urta to‘lovlarining jadal o‘sishi joriy yilning aprel oyida Buxoro viloyatidagi kuchli shamoldan zarar ko‘rgan aholining uy-joylari va korxonalar mol-mulkiga, shuningdek Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida suv omborining to‘g‘onini yorilishi oqibatida zarar ko‘rganlarga to‘lab berishi bilan bog‘liq.
Faol xalqaro sug‘urta faoliyati natijasida davlat investitsiya dasturlari doirasida AQSh, Yaponiya, Koreya, Turkiya, Rossiya, Shveytsariya va boshqa mamlakatlarning xorijiy investorlari tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlar hajmi 17 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.
Kompaniyaning investitsiya portfeli 128,6%ga, yalpi daromadi 153,7%ga o‘sdi, shakllantirilgan sug‘urta zahiralari hajmi 298,3 mlrd so‘mni tashkil etdi. Xarajatlarni 10,6 mlrd so‘mga qisqartirish va optimallashtirish orqali kompaniyaning sof foydasi 2 baravarga oshgan holda 4,5 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Respublika viloyatlari, shuningdek shahar va tumanlar xodimlarini o‘qitish va malakasini oshirish jarayonlarini to‘laqonli ta'minlash maqsadida, joriy yilda «Sug‘urta maktabi» tashkil etildi va bugungi kunda muvaffaqiyatli tizimli faoliyat olib bormoqda. Maktab faoliyati doirasida 680 dan ortiq xodimlar va sug‘urta agentlari uchun onlayn vebinar va seminarlar o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi PQ-4412-sonli qarori ijrosi doirasida kompaniya o‘z oldiga eksportni sug‘urtalash bo‘yicha xizmatlarni rivojlantirish va oshirish, innovatsion sug‘urta mahsulotlarini ishlab chiqish va joriy etish, onlayn sug‘urtalashni ommalashtirish va sug‘urtalovchilarning shaxsiy va mulkiy manfaatlari uchun ishonchli sug‘urta himoyasini ta'minlash bo‘yicha keng maqsad va vazifalar belgilab olgan.
«O‘zbekinvest» EISK AJ Matbuot xizmati
Mavzuga oid
10:04 / 04.11.2024
“O‘zbekinvest” kompaniyasi Lloyd’s of London bosh qarorgohida O‘zbekiston sug‘urta bozori taqdimotini o‘tkazdi
10:00 / 18.10.2024
“O‘zbekinvest” kompaniyasida “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinganining 35 yilligi va “O‘zbek tili bayrami kuni”ga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi
09:00 / 03.10.2024
Londondagi Chartered Insurance Institute “O‘zbekinvest” kompaniyasiga Xalqaro professional hamkor tashkilot maqomini berdi
10:00 / 30.08.2024