Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Budjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarning 47 nafar rahbar va mansabdor shaxslari 35 mln so‘mlik jarimaga tortildi
O‘zbekistonda “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida 2020 yilning 1-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar sharhi e'lon qilindi.
Foto : KUN.UZ
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ma'lumotiga ko‘ra, 2020 yilning 1-yarim yilligida 2584 ta moliyaviy nazorati tadbirlari o‘tkazildi.
Moliyaviy nazorat tadbirlarining asosiy qismi 2010 tasi (79 foiz) budjet mablag‘larini maqsadli ishlatilishi yuzasidan o‘tkazilgan bo‘lib, nazorat tadbirlarida 81,7 mlrd. so‘m miqdorida budjet intizomini buzish, pul va tovar moddiy boyliklar kamomadi kabi holatlar aniqlandi.
Nazorat tadbirlari davomida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida noqonuniy sarflangan mablag‘larning 57,4 mlrd. so‘mi (70 foiz) tegishli budjetlarga tiklanishi ta'minlandi.
Budjet qonunchiligi buzilgan budjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarning 47 nafar rahbar va boshqa mansabdor shaxslari o‘rnatilgan tartibda 35 mln. so‘m miqdorida jarimaga tortilgan.
Shuningdek, 1246 ta nazorat tadbirlarida aniqlangan 79,4 mlrd. so‘mlik qonunbuzilish holatlari qonuniy choralar ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan.
Mavzuga oid
15:45 / 19.02.2026
O‘zbekistonda avtobanlar tashkil etish vazifasi davlat dasturiga kiritildi
16:46 / 17.02.2026
Elektromobil egalari mashinasini quvvatlashda subsidiya oladi
17:47 / 16.02.2026
Pedofiliya uchun umrbod qamoq jazosi kiritiladi - Davlat dasturi
17:38 / 16.02.2026