Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navalniy shtabi uni Yevropadagi shifoxonaga jo‘natish uchun Kremldan yordam so‘radi. U koma holatida
Navalniy asos solgan korrupsiyaga qarshi kurash fondi direktori Ivan Jdanovning so‘zlariga ko‘ra, Omskdagi shifoxona shifokorlari siyosatchini boshqa joyga ko‘chirishga rozi bo‘lmayapti.
Aleksey Navalniy shtabi siyosatchini xorijdagi shifoxonaga jo‘natish uchun yordam so‘rab Kremlga murojaat qildi. Bu haqda «Vrachlar alyansi» raisi, Navalniyni davolayotgan shifokor Anastasiya Vasileva ma'lum qildi.
«Biz Navalniyni Yevropadagi yetakchi toksikologiya markaziga o‘tkazish uchun tibbiy hujjat taqdim etilishi borasida ko‘mak so‘raymiz. BSMP1 bosh vrachi uning xotini, men va Ivan Jdanovga yo‘llanma berishga rozi bo‘lmayapti», — deb yozdi Vasileva Twitter sahifasida.
Navalniy asos solgan korrupsiyaga qarshi kurash fondi direktori Ivan Jdanovning so‘zlariga ko‘ra, Omskdagi shifoxona shifokorlari siyosatchini boshqa joyga ko‘chirishga rozi bo‘lmayapti.
«Shifokorlar u boshqa joyga o‘tkaziladigan holatda emas degan fikrda», — dedi u.
20 avgust kuni samolyotda Tomskdan Moskvaga yo‘l olgan Navalniyning sog‘ligi yomonlashdi. Samolyot Omskka qo‘nishga majbur bo‘ldi, siyosatchi shifoxonaga yotqizildi. U reanimatsiya bo‘limida koma holatida yotibdi. Shifokorlar Navalniyning holatini barqaror og‘ir deb baholamoqda.
Navalniyning shtabi u zaharlangan deb hisoblamoqda. Uning matbuot-kotibi Kira Yarmish siyosatchi faqat choy ichganini, choyga nimadir qo‘shib, Alekseyni zaharlagan bo‘lishlari mumkinligini aytdi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kremldagilar Navalniyning shifoxonaga yotqizilganidan xabardor ekanligini bildirdi va uning tezroq sog‘ayib ketishini tiladi. U shuningdek, agarda so‘rov tushsa, hukumat muxolifatchini xorijga jo‘natishga yordam berishga tayyorligini qo‘shimcha qildi.
Mavzuga oid
21:30 / 22.03.2023
Navalniy hamkasbi Mariya Pevchix xalqaro KQKF rahbari bo‘ladi
17:39 / 17.01.2023
«Rossiya - mening mamlakatim. Men zulmat chekinishiga ishonaman». Aleksey Navalniyning qamoqdan maktubi
23:41 / 22.12.2022
Navalniy jamoasi darknetda «maxfiy shtab-kvartira» ishini muvofiqlashtiruvchi sayt ochdi
21:45 / 02.10.2022