O‘zbekiston | 16:27 / 20.08.2020
2705
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 20 avgustdan boshlab ishchi guruhlar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlarini tashkil etadi va o‘rganadi

Hududlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlarini tashkil etish va amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida bosh vazir birinchi o‘rinbosari tomonidan Ishchi guruhlar tarkibi tasdiqlanib, vazifalar belgilab berildi.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra: 

1-ishchi guruhi - Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri M. Soliyev rahbarligida Surxondaryo, Qashqadaryo, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida;

2-ishchi guruhi - Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Sh. Abdurazzoqov rahbarligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ishlarni amalga oshiradi.

Ishchi guruhlarning asosiy vazifasi etib joriy yil 17 iyul kuni prezident huzurida va 17 avgust kuni bosh vazir rahbarligida respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohani 2020/2021 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarni joylarda samarali ijrosini tashkil etish deb belgilandi.

17 ta vazirlik va idoralar vakillaridan tashkil topgan Ishchi guruhlar tomonidan 20 avgustdan boshlab tasdiqlangan jadval bo‘yicha hududlarga chiqqan 8- ta yo‘nalish kesimida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganiladi va amaliy yordam ko‘rsatiladi. 

Xususan, ko‘p kvartirali uylarni va ijtimoiy soha obektlarini hamda issiqlik, ichimlik suv, elektr energiyasi, tabiiy gaz ta'minoti tizimlarini mavsumga tayyorlash, aholiga ko‘mir, suyultirilgan gaz yetkazib berish, oziq-ovqat ta'minoti zaxiralarini yaratish kabi muhim masalalar o‘rganiladi va aniqlangan muammolarni bartaraf etish ishlari tashkil etiladi.

Mavzuga oid