Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda «Yoshlar daftari» va «Ayollar daftari» ro‘yxatlari ham tuziladi
Ishsiz yoshlar uchun alohida, ishsiz va boquvchisiz xotin-qizlar bo‘yicha alohida ro‘yxatlar shakllantiriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 20 avgust kuni tadbirkorlikni hududlardagi qo‘shimcha imkoniyatlar hisobiga rivojlantirish masalasida yig‘ilish o‘tkazdi. Unda ishsiz yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta'minlash haqida ham so‘z bordi.
Bosh vazir o‘rinbosariga ularni talab yuqori bo‘lgan kasblar va tadbirkorlikka o‘qitish, shu asosda biznesini yo‘lga qo‘yishda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartibini joriy etish vazifasi yuklatildi.
«Bu ishlarni tizimli amalga oshirish maqsadida, mamlakatimizda joriy etilgan «temir daftar»lar singari, ishsiz yoshlar bo‘yicha alohida («Yoshlar daftari»), ishsiz va boquvchisiz xotin-qizlar bo‘yicha alohida («Ayollar daftari») ro‘yxatlar shakllantirib, har biri bilan yangi tizim, yangicha tartibda manzilli ishlash muhimligi ta'kidlandi», – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Oltin daftar» reyestri ham shakllantirilishi, unga xorijdagi salohiyatli vatandoshlar – potensial investorlar, nufuzli universitetlar professorlari va xalqaro tashkilotlarda ishlovchi o‘zbekistonliklar kiritilishi ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
11:10 / 27.02.2026
“Yoshlar daftari”ga kirish mezonlari qayta ko‘rib chiqildi
14:09 / 21.11.2025
“Yoshlar daftari”dagi faol bo‘lgan 1 ming nafar yoshlarga har yili pul mukofoti beriladi
11:20 / 21.11.2025
2026 yildan “Yoshlar daftari” yordami yangi qoida va shartlar asosida amalga oshiriladi
10:34 / 21.11.2025