Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning aviazarbasidan so‘ng Turkiya Suriya shimoli-g‘arbiga zirhli texnikasini tashladi
18 avgust kuni Rossiyaning Su-24M bombardimonchi samolyotlari mintaqa shimolida joylashgan jangarilarning obektlariga zarbalar bergan.
Turkiya Suriyaning shimoli-g‘arbiy qismiga 450dan ortiq harbiy mashinalarini olib o‘tdi. Ular qo‘shni Xatay viloyatidan keldi, deb xabar berdi Suriya inson huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish markazi.
Markazning ma'lumot berishicha, konvoy zirhli texnika va og‘ir qurollardan iborat bo‘lgan. Qayd etilishicha, harbiy texnika Idlib viloyatida Rossiya havo-kosmik kuchlarining aviazarbalaridan so‘ng yetib kelgan.
«Voyenniy obozrevatel» Telegram-kanalining xabar berishicha, 18 avgust kuni Rossiyaning Su-24M bombardimonchi samolyotlari mintaqa shimolida joylashgan jangarilarning obektlariga zarbalar bergan. Mahalliy OAVning ta'kidlashicha, Rossiya havo-kosmik kuchlari «Hayat Tahrir ash-Shom» terrorchi tashkiloti marralariga zarba bergan.
Mart oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Idlibda o‘t ochishni to‘xtatish rejimini joriy etishga kelishib olgandi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026