Jahon | 10:54 / 20.08.2020
13818
2 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreyada qancha yadro va kimyoviy qurol borligi ma'lum qilindi   

Shimoliy Koreya qurollanishida 60 tagacha yadro bombasi va 5 ming tonna kimyoviy qurol bor. Bu haqda AQShning harbiy ma'ruzasidan ma'lum bo‘ldi. Undagi ma'lumotlarni Daily Mail nashri keltirib o‘tgan.

Foto: KCNA / Reuters

“Shimoliy Koreyaning yadro quroli haqidagi ma'lumotlar farqlanib, ularga ko‘ra, mamlakatda 20 tadan 60 tagacha yadro bombasi hamda har yili shunday quroldan 6 tadan ishlab chiqarish imkoniyati bor”, deyilgan hujjatda. Ma'ruza mualliflarining qo‘shimcha qilishicha, ekspertlarning fikricha, 2020 yil oxirigacha Shimoliy Koreya 100 tagacha jangovar kallak ishlab chiqarishi mumkin

Amerikalik harbiylarning fikricha, Pxenyan bunday hajmdagi qurol zaxiralarini mamlakatdagi tuzumni boshqa davlatlar tomonidan o‘zgartirishga urinishlar holatiga saqlaydi. Ekspertlarning ta'kidlashicha, Shimoliy Koreya har qanday ixtilofda bakteriologik qurol qo‘llashi mumkin. Ma'lum qilinishicha, raketaga o‘rnatilgan bir funt (454 gramm) sibir kuydirgisi 50 minggacha odamni yo‘q qilishi mumkin.

Avvalroq Shimoliy Koreyaning yadro ishlanmalari haqida BMT ham ma'ruza tayyorlagandi. BMT ma'lumotlariga ko‘ra, Pxenyan o‘tkazilgan oxirgi 6 yadro sinovi natijasida kichik o‘lchamli yadro qurilmasini yaratishga muvaffaq bo‘lgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid