Toshkentda 2 milliard so‘m pulni o‘g‘irlagan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yiling 15 avgust kuni soat 21:30dan 16 avgust kuni soat 17:30gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Toshkent shahrida noma'lum shaxslar, MChJ binosining tashqi derazasi, shuningdek moddiy boyliklar saqlanadigan ombor eshigi va temir panjaralarini buzgan holda g‘ayriqonuniy ravishda kirishgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular temir seyfning qulfini temir kesish uskunasi yordamida kesib, seyfning ichida hamda hisobchilar xonasida bir necha sumkalarga solingan taxminan 2 milliard so‘mdan ko‘proq naqd pullarni yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanlar.
Mazkur holat yuzasidan zudlik bilan Toshkent shahar Yashnobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan noma'lum shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni oq rangli davlat raqamlari yechib olingan Lacetti rusumli avtomashinada kelgan 6 nafar fuqaro sodir etganliklari ayon bo‘lgan.
Tergov harakatlari davomida mazkur jinoyatga aloqador yana 2 nafar fuqaro aniqlanib, ular o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib sodir etganliklari aniqlangan, ularning barchasini shaxsiga oid ma'lumotlariga aniqlik kiritilgan.
Qayd etilishicha, hozirda jinoyatchilar JKning 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlanganlar. O‘g‘irlangan pullar tergov jarayonida ashyoviy dalillar tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024