Germaniyalik ekspertlar guruhi COVID-19'ga qarshi kurashda yordamlashish uchun O‘zbekistonga kelmoqda
Germaniyaning nufuzli tibbiyot muassasalaridan biri – Robert Kox instituti boshchiligida tashkil etilgan ekspertlar delegatsiyasi koronavirusga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga kelmoqda.
«Dunyo» agentligi xabariga ko‘ra, missiya O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi tashabbusi bilan tashkil etilmoqda.
10 kishilik delegatsiya «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning maxsus charter reysi bilan Frankfurt-Mayn shahridan yo‘lga chiqqan bo‘lib, soat 21:00da Toshkentga qo‘nishi kutilmoqda.
Ular bir hafta – 28 avgustgacha O‘zbekistonda bo‘ladi.
Ekspertlar jamoasi – Robert Kox instituti mutaxassislari, Frankfurt-Mayn va Dyusseldorf universitetlari klinikalarining malakali vrachlari, shuningdek Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi vakillaridan tashkil topgan.
Delegatsiyaga Robert Kox instituti Xalqaro sog‘liqni saqlash markazi direktori o‘rinbosari – Xalqaro sog‘liqni saqlash axborot markazi rahbari doktor Andreas Yansen boshchilik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta O‘zbekistonga Rossiyadan 40 nafarga yaqin mutaxassislar guruhi koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun kelgandi.
Mavzuga oid
00:32
Xavfli nafas olish apparatlari tufayli Philipsʼga qarshi kollektiv da’vo kiritildi
10:11 / 15.11.2024
Germaniya Ukrainada halok bo‘lgan 10 fuqarosi haqida ma’lumotga ega
14:00 / 14.11.2024
XDI rahbari Mers Germaniya siyosatini tubdan o‘zgartirishni talab qilmoqda
20:26 / 12.11.2024