O‘zbekiston | 21:38 / 16.08.2020
28360
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Rossiyalik mutaxassislar guruhi koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun O‘zbekistonga keldi

Rossiyaning nufuzli tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borayotgan 40 nafarga yaqin mutaxassisdan iborat tibbiy guruh Toshkentga keldi.

Koronavirusga qarshi kurashda hamkorlik uchun yetib kelgan rossiyalik mutaxassislar Toshkent xalqaro aeroportida Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddilari tomonidan kutib olingan.

«Reanimatolog, pulmonolog, infeksionist, virusolog, kardiolog, endokrinolog kabi mutaxassislar bir oy davomida koronavirusga chalinganlarni davolash muassasalarida shifokorlarimiz bilan hamkorlikda ish olib boradi. Xususan, rossiyalik mutaxassislar Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti, Viruslogiya ilmiy tekshirish instituti klinikalarida, Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida, shuningdek qator viloyatlardagi shu sohaga ixtisoslashgan  shifoxonalarda faoliyat ko‘rsatishi kutilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Bu guruh Toshkent shahri va kasallik darajasi yuqori bo‘lgan viloyatlarda bo‘lib, bir oy davomida koronavirusga qarshi kurashda yurtimiz shifokorlari bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishadi.

Mavzuga oid