Ikki yil avvalgi reportajda aholidan pöl töplab evaziga turar joy binosini qurayotgan «Navoiy quruvçi yoşlari» MÇJ (rahbari — Feruz Töxtayev) bankdan kredit olgani, evaziga şu turar joy binosining poydevor qismini hujjatlaştirib garovga qöygani, kredit öz vaqtida söndirilmagani uçun qurilayotgan turar joy binosi auksionga çiqarib sotib yuborilgani, uyni auksionda xarid qilgan yangi tadbirkor esa uy uçun pul tölaganlarga rad javobini bergani hikoya qilingandi.

Asosan kam ta'minlangan oilalar tomonidan xarid qilingan bir va ikki xonali kvartiralardan iborat uy ikki yil içida amal-taqal qilib bitkazilgan. Biroq hamon kvartiralar xarid qilganlarga hujjatlaştirib berilmagan. Boz ustiga, MÇJning qarzdorligi evaziga vaqti-vaqti bilan MIB odamlarni bezovta qilib turibdi.

MIB Navoiy viloyat boşqarmasi mutasaddilari bilan gaplaşganimizda, uyni avvalgi safar 830 million söm evaziga auksiondan xarid qilgan yangi tadbirkorning arzi asosida yangi iş oçilgani, şuningdek, «Navoiy quruvçi yoşlari» MÇJning soliq majburiyatlari böyiça ham 2 milliard sömdan ortiq qarzdorligi vujudga kelgani, bu borada iqtisodiy sudning hal qiluv qarori borligini bildirib ötişdi. Undiriş uçun MÇJning balansida mana şu uydan bölak heç qanday mulki yoki mablaği yöq ekan.
Uşbu uyga hanuz raqam berilmagan. Qöl uçida qilingan taşqi bezak işlari 1 yilga bormasdan nuray boşlagan. Uy atrofi obodonlaştirilmasdan tuproqqa botib yotibdi. Holbuki, şu atrofida qurilgan boşqa turar joy binolariga tutaş hududlar allaqaçon obodonlaştirilgan.

Şu uyga yeta olmasdan siqilib dunyoni tark etgan odamlar ham bor ekan. Ayrim oilalar esa uşbu mojaro tufayli parokanda ham bölgan.
Uy xarid qilganlarning ayrimlari esa yaşaşga boşqa joyi bölmaganidan çala yarim kvartirani bir iloj qilib ta'mirlab, yaşab kelişmoqda. Hozirda bunday oilalar soni 20dan ortiq.























