Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQShning koronavirusga qarshi vaksinasini o‘zida qo‘llashga tayyorligini bildirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp AQShda koronavirusga qarshi ishlab chiqilayotgan vaksinalar samaradorligi isbotlansa, ular bilan emlanishga tayyorligini ma'lum qildi. Oq uy rahbari bu haqda Fox telekompaniyasi efirida aytib o‘tdi.
Foto: Picture Alliance
Boshlovchi Shon Xenniti prezidentdan vaksina ishonchli ekani tasdiqlansa, u bilan emlanishga tayyorligi haqida so‘ragan. “Emlangan bo‘lardim. Menda bu bilan hech qanday muammo bo‘lmasdi”, deb ta'kidlab o‘tgan AQSh prezidenti.
Tramp amerikalik mutaxassislar vaksinani olishga yaqinlashib qolishganini qo‘shimcha qilgan. “Biz sinovlarning uchinchi bosqichidamiz. Biz bu borada muddatlardan bir necha yil oldindamiz”, deb aytgan Tramp. U yaqin orada bu borada xushxabar bo‘lishini ta'kidlab o‘tgan.
AQSh ma'muriyati hozirga kelib koronavirusga qarshi vaksinalar ishlab chiqilishiga 12 mlrd dollar investitsiya qilgan. Tramp vaksinalar sinovdan o‘tib, ma'qullansa, AQSh ulardan yiliga 600 mln doza ishlab chiqarishga tayyorligini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
21:12 / 18.08.2025
Tramp va Putin uchrashuvi global bozorlarda jiddiy aks-sado bermadi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
10:18 / 04.08.2025
YeK COVID-19'ga qarshi vaksinalar xaridi ma’lumotlarini ochiqlashdan bosh tortdi
21:40 / 30.04.2025