Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi vaziyat: Livanda karantin, Polshada bemorlar soni oshdi
Jons Hopkins universitetining so‘nggi ma'lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanish holatlari soni 23 millionga yaqinlashmoqda, o‘lim holatlari 800 mingga yaqin.
Hindistonda so‘nggi bir kun ichida koronavirus bilan zararlanganlar soni 68 ming nafarga ko‘paydi, shu orqali mamlakatdagi umumiy holatlar soni 3 millionga yaqinlashmoqda.
Janubiy Koreya rasmiylari minglab odamlarning hukumatga qarshi mitingdagi ishtirokidan so‘ng infeksiyaning yangi o‘choqlari yuzaga kelishidan xavotirda. Ularning barchasi bir cherkov izdoshlaridir.
Amerikaning farmatsevtika giganti Pfizer o‘zining hamkori, nemislarning BioNTech kompaniyasi bilan birgalikda chiqargan koronavirusga qarshi vaksinasi oktyabrda ro‘yxatga olinishi mumkinligini xabar qildi.
Livanda kasallanish holatlari keskin ortib ketgan taqdirda mahalliy sog‘liqni saqlash xizmatlari vaziyatni nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘lmagani tufayli, hukumat infeksiya tarqalishidan xavotirlanib juma kuni ikki haftalik karantin joriy qildi.
Karantin va kommendantlik soati Bayrutdagi portda kuchli portlashdan keyingi qayta tiklash ishlariga ta'sir qilmaydi.
Livanda hozirgacha koronavirus bilan kasallangan 11 ming bemor ro‘yxatga olingan, ulardan 113 nafari vafot etgan.
Janubiy Koreyada rasmiylar o‘tgan dam olish kunlari hukumatga qarshi mitingda qatnashgan minglab odamlarni kuzatishga harakat qilmoqda. Namoyishchilarning aksariyati «Sarang Jyeyl» protestantlik cherkovining izdoshlaridir, ular orasida yangi kasallanish holatlari oshishi qayd etilgan.
Juma kuni Janubiy Koreyaning Kasallik tarqalishini nazoratga olish va profilaktika markazi o‘tgan 24 soat davomida 324ta yangi zararlanish holati ro‘yxatga olingani haqida xabar berdi - bu mart oyi boshidan beri kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Xitoy poytaxtida koronavirusdan zararlanish holatlari kamaya boshlagani tufayli Pekin aholisi karantin boshidan beri o‘tgan ko‘p oy davomida birinchi marta ko‘chalarda niqobsiz harakatlanishi mumkin.
Biroq ijtimoiy masofalanish choralari avvalgidek o‘z kuchida qoladi va ko‘plab pekinliklar niqob taqishni afzal ko‘rishmoqda.
Hongkong rahbariyati 1 sentyabrdan aholining istisnolarsiz barcha vakillariga koronavirusga bepul testdan o‘tishni taklif qilgan. Hongkongda 7,4 mln aholi istiqomat qiladi.
Biroq, ba'zilar yangi tashabbusga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lib, Pekindagi rasmiylarining ushbu testlardan uzoq muddatli monitoring uchun aholi DNKsini yig‘ish yo‘lida foydalanishi mumkinligidan xavotirda.
Hongkong rahbari Kerri Lem esa olingan barcha namunalar yo‘q qilinishini aytib, bu gaplarni rad etdi.
Yevropadagi vaziyat
Berlindagi kamida 41ta maktabda koronavirus bilan kasallangan o‘quvchi yoki o‘qituvchilar borligi haqida xabar berilgan. Berlindagi maktablar atigi ikki hafta oldin ochilgan edi.
Polsha sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan e'lon qilingan ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda pandemiya boshlangandan beri eng jiddiy keskin o‘sish kuzatilgan - 903ta yangi holat va 13ta o‘lim holati.
Rasmiylarning so‘zlariga ko‘ra, yuqtirish holatlari ko‘payishi chet eldagi ta'til va yirik tadbirlar, xususan to‘ylardan so‘ng qaytayotgan fuqarolar tufayli sodir bo‘ladi.
Umuman olganda, Polshada 60 ming bemor va 1,3 mingta o‘lim holati ro‘yxatga olingan, bu Yevropaning boshqa ko‘plab mamlakatlariga qaraganda ancha past.
Ispaniya sog‘liqni saqlash vaziri Fernando Simon juma kuni ogohlantirish bilan chiqdi: «Yanglishish yaramaydi: holat uncha yaxshi emas». So‘nggi ikki kun ichida Ispaniyada 3 mingdan ortiq yangi holat aniqlandi. Infeksiya asosan masoflanish me'yorlariga rioya qilmaydigan yoshlar hisobiga tarqalyapti.
Fransiyada o‘sish - o‘tgan kun davomida 4,7 ming yangi bemor va 35 yangi o‘choqlar aniqlangan. Fransiya ta'lim vaziri Jan-Mishel Blankening so‘zlariga ko‘ra, o‘quvchilar ikki haftadan so‘ng maktabga qaytadi va 11 yoshdan oshgan barcha bolalar niqob taqishlari shart. Pastki sinflarda o‘qituvchilar niqobda bo‘lishi yetarli.
Litvada, yangi farmonga binoan, ochiq havo yoki bino ichkarisida o‘tkazilishidan qat'i nazar barcha tadbirlarda niqobda bo‘lish talab etiladi, qoida umumiy ovqatlanish hududlari uchun ham taalluqli.
Mavzuga oid
09:45 / 22.06.2026
AQSh, Eron va Livan ishtirokida maxsus tartibga solish guruhi tuziladi
14:15 / 18.06.2026
Livanga yana hujum bo‘lsa, kelishuv taqdiri so‘roq ostida qoladi – Umrbek Yusupov
13:33 / 17.06.2026
«Mensiz Isroil bo‘lmasdi» – Tramp Isroilning Livandagi harbiy taktikasini tanqid qildi
09:20 / 08.06.2026