Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moliya vazirligi koronavirusga chalingan bemorlarni davolashga jalb etilgan tibbiyot xodimlariga to‘lanadigan to‘lovlar bo‘yicha izoh berdi
Qayd etilishicha, buyruqlar asosida ushbu ishga biriktirilgan tibbiyot va boshqa xodimlarga maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovlarini 14 kunlik ish smenasi boshlangan kunda 40 foizi miqdorida avans pulini, 14 kunlik ish smenaning oxirgi kunida haqiqatda faoliyat ko‘rsatgan kunlarga mutanosib ravishda qolgan qismini to‘lab beriladi.
«2020 yil 19 martdagi «Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida» prezident farmoniga asosan tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlar koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilinadigan davrda ularning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar joriy qilingan.


Ushbu farmon ijrosini ta'minlash maqsadida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga Moliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 23 martdagi 01/12-03-34/50-sonli va 06-3/256-sonli qo‘shma ko‘rsatma xati yuborilgan bo‘lib, ushbu xatga ko‘ra tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlarga har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar har besh kunda to‘lab berilishi ma'lum qilingan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 30 apreldagi 20 - son yig‘ilish bayonining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarni qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom”ga asosan, sog‘liqni saqlash hududiy boshqarmalari, Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtalik Agentligi va uning hududiy markazlari, shuningdek, bo‘ysunuvidagi tashkilotlarning hamda tegishli hududda joylashgan xususiy tibbiyot tashkilotlarining koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan xodimlarining ro‘yxatlari kesimida shakllantirilgan tabellar ularning rahbarlari tomonidan tasdiqlangan holda tegishliligi bo‘yicha sog‘liqni saqlash hududiy boshqarmalariga har 5 kunda taqdim etib boriladi.

Shunga ko‘ra, tibbiyot muassasalari hisobxonalari tomonidan xodimlarga qo‘shimcha to‘lovlar har besh kunda to‘lab borilishi sababli, respublika miqyosida olib qaralganda, ushbu muddatlarda to‘lovlar to‘langan taqdirda ham, barcha muassasalar tomonidan qo‘shimcha to‘lovlarning to‘lab berilishi har xil sanaga to‘g‘ri keladi», deyiladi Moliya vazirligi axborot xizmatining xabarida.
Ta'kidlanishicha, koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, zararlangan bemorlar joylashtirilgan obektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga har 14 kunlik faoliyat davri uchun xodimlar turiga qarab, 5-25 mln so‘m miqdorida maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi belgilangan.Ushbu qarorga asosan, maxsus rag‘batlantirish to‘lovlari xodimning har 14 kunlik faoliyat davri yakunida to‘lab beriladi.


Shu bilan birga, Moliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 18 iyuldagi 01-12-02-32/151-sonli va 06-11/473-sonli qo‘shma ko‘rsatma xatiga asosan koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, zararlangan bemorlar joylashtirilgan muassasalar hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalari SSV va uning hududiy boshqarmalari buyruqlari asosida biriktirilgan tibbiyot va boshqa xodimlarga maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovlarini 14 kunlik ish smenasi boshlangan kunda 40 foizi miqdorida avans pulini, 14 kunlik ish smenaning oxirgi kunida haqiqatda faoliyat ko‘rsatgan kunlarga mutanosib ravishda qolgan qismini to‘lab beradi.
Ushbu holatlardan kelib chiqib, respublika miqyosida yuqorida ko‘zda tutilgan muassasalarda ishlovchi xodimlarning ish smenasi har xil kunga to‘g‘ri kelganligi sababli, to‘lovlar ham shunga mos ravishda har xil kunlarga to‘g‘ri keladi.
Moliya vazirligi yuqoridagi rag‘batlantiruvchi to‘lovlar daromad solig‘i va yagona soliq xarajatlari bilan qo‘shib hisoblanishini eslatib o‘tgan.
Mavzuga oid
10:25 / 25.11.2025
Avstriya biznes delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi
16:43 / 21.02.2023
O‘zbekistonda xodimlarning 28 foizi 1 mln so‘mgacha maosh oladi
10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis
03:31 / 16.02.2023