O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishning taxminiy muddati ma'lum bo‘ldi
Aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy va uslubiy tamoyillarini, dasturiy-texnik ta'minoti va ma'lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Belgilanishicha:
O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish muddati 2022 yil 1-25 noyabr kunlari;
O‘zbekiston Respublikasida aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olishni o‘tkazish muddati 2021 yil 1-25 noyabr kunlari o‘tkaziladi. Sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbiri Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshiriladi.
Sinov tariqasida o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish tadbiri natijalariga asosan zarur hollarda aholini ro‘yxatga olishga oid me'yoriy hujjatlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.
Mas'ul vazirlik va idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlariga “Yo‘l xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha hududiy komissiyalar:
2021 yilda (sinov tariqasida) va 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirilishini ta'minlaydi;
respublikamizning borish qiyin bo‘lgan va tog‘li hududlarida aholini ro‘yxatga olish ishlarini belgilangan muddatdan oldinroq o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasiga 2022 yil 1 martga qadar takliflar kiritadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari:
2021 yilda (sinov tariqasida) va 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini;
aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga jalb etiladigan ro‘yxatga oluvchi xodimlarni tanlab olish, tarkibini tasdiqlash hamda o‘qitishni;
aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga jalb etilgan shaxslarning o‘qishi va ishlashi, shuningdek ro‘yxatga olish varaqlarini saqlash uchun yaroqli bo‘lgan mebellar va aloqa vositalari bilan jihozlangan vaqtinchalik binolarni bepul ajratilishini;
aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarida zarur bo‘ladigan transport va aloqa vositalari ajratilishini ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hamda boshqa tegishli vazirlik va idoralarda mavjud aholi bilan bog‘liq bo‘lgan ma'lumotlar bazalaridan zarur hollarda aholini ro‘yxatga olish va natijalarini tahlil qilishda foydalanish maqsadida ma'lumotlar almashinuvini qonunchilikda belgilangan tartibda yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi belgilangan tartibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2021 yilda (sinov tariqasida) va 2022 yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish uchun zarur bo‘lgan miqdorda kartografik materiallar (shahar va qishloq aholi punktlarining sxematik rejalari va xaritalari) bilan ta'minlaydi.
Mavzuga oid
11:38 / 25.10.2024
Viloyatlar orasida eng zich aholi Andijonda yashashi ma’lum qilindi
10:59 / 25.10.2024
Samarqand viloyati aholisi 4,3 mln kishiga yaqinlashdi
08:10 / 23.10.2024
BMT: Urush boshlangandan beri Ukraina aholisi 8 mlnga kamaydi
16:19 / 09.10.2024