Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi olimpiya zaxiralari kollejlarida futbol bo‘limlari tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasi 12.08.2020 yildagi «Olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 480-son qarorni qabul qildi.
Qaror Prezidentning 4.12.2019 yildagi «O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5887-son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida qabul qilindi.
Norma’ning yozishicha, hujjat bilan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari negizida olimpiya zaxiralari kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab yo‘lga qo‘yish vazifasi topshirilgan.
Belgilanishicha:
• olimpiya zaxiralari kollejlarida ta'lim jarayoni ikki bosqichda: umumiy o‘rta ta'lim (VII–XI sinflar) hamda o‘rta professional ta'lim (XI sinfdan keyingi bir yillik ta'lim) bosqichlarida amalga oshiriladi;
• kollejlarning asosiy faoliyati – jismoniy tarbiya va sport sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar hamda sportning olimpiya turlari bo‘yicha terma jamoalarini shakllantirish uchun zaxirani tayyorlash;
• kollejlarning sport turlari bo‘yicha kontingenti O‘zbekiston ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi;
• kollejlar O‘zbekiston respublika budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;
• 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab olimpiya zaxiralari kollejlarining o‘rta professional ta'lim bosqichida futbol bo‘limlari tashkil etiladi va ularda ushbu sport turi bo‘yicha mutaxassislar (sportchilardan tashqari) tayyorlanadi.
Qaror bilan quyidagilar to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi:
• olimpiya zaxiralari kollejlari;
• olimpiya zaxiralari kollejiga o‘quvchilarni qabul qilish, attestatsiyadan o‘tkazish va ularning o‘qishini ko‘chirish tartibi;
• kollejlarda oziq-ovqat bilan ta'minlash xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to‘lovini to‘lash tartibi;
• kollejlarning ayrim xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi.
Hujjatda olimpiya zaxiralari kolleji boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlar jadvali hamda olimpiya zaxiralari kolleji o‘quvchilari uchun sutkalik oziq-ovqat normasi ham keltirilgan.
Tegishli vazirliklarga 2020/2021 o‘quv yiliga qadar o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish vazifasi topshirilgan.
Qarorda olimpiya zaxiralari kollejlarining bino va inshootlarini tayyorlash, ularni zarur sport anjomlari va inventarlari bilan jihozlash va boshqalar bo‘yicha topshiriqlar ham berilgan.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga ikki oy muddatda:
• olimpiya zaxiralari kollejlarining namunaviy ustavini tasdiqlash;
• olimpiya zaxiralari kollejlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallagan malakali pedagog kadrlar hamda trenerlar bilan to‘ldirish yuzasidan zarur choralarni ko‘rish vazifasi topshirilgan.
Hujjat 13.07.2020 yildan kuchga kirgan.
Mavzuga oid
22:51 / 04.04.2026
Superliga. “Neftchi” yana yirik g‘alabaga erishdi, “Buxoro” mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi
16:56 / 03.04.2026
Eron futbolida nima gap?
10:00 / 29.03.2026
Lixachyov aytgan trillionlar va budjet gardanidagi futbol - hafta dayjesti
15:28 / 28.03.2026