Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijtimoiy tarmoqdagi reklamadan soliq to‘lanadimi? DSQ izoh berdi
Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Muzaffar Nazarov ijtimoiy tarmoqlarda tarqatiluvchi reklamadan qay tartibda soliq to‘lanishi bo‘yicha tushuntirish berdi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida daromad topuvchi har qanday jismoniy va yuridik shaxs soliq to‘lovchi hisoblanadi. Xususan, reklama qilib daromad topgan jismoniy shaxslar daromadlaridan 12 foiz miqdorida daromad solig‘i to‘lashadi. To‘langan soliqlar to‘laligicha davlat budjetiga tushadi.
«Shu bilan birga, ayrim faoliyat turlari Soliq kodeksiga muvofiq daromad solig‘idan ozod qilingan. 2020 yil 8 iyundagi prezident qaroriga asosan, o‘zini-o‘zi band qiladigan shaxslar axborot kommunikatsiya sohasida xizmat ko‘rsatish – ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat (ijtimoiy tarmoqlarda xizmatlarni ilgari surish va reklama qilish (SMM), ijtimoiy tarmoq sahifalari administratori) turi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, daromadlari jami daromadlari tarkibiga kiritilmasligi uchun daromad solig‘idan ozod qilinadi.
Bunda mehnat stajiga ega bo‘lish va keyinchalik yoshga doir pensiya olishlari uchun 2020 yilda bazaviy hisoblash miqdorining kamida 50 foizi (111,5 ming so‘m) miqdorida ijtimoiy soliq to‘lash lozim bo‘ladi», dedi Nazarov AOKA shtabidagi brifingda.
Mavzuga oid

14:34 / 09.07.2025
“Davolovchi” bilakuzuklar: shifomi yoki reklama tuzog‘i?

16:07 / 03.07.2025
Raqobat qo‘mitasi Kia Sonet reklamasidagi qonunbuzilish sabab Roodell'ni jarimaga tortdi

12:38 / 23.06.2025
To‘rt nafar instablogerga onlayn qimor o‘yinlarini reklama qilgani uchun chora ko‘rildi

20:03 / 15.06.2025