Jahon | 09:17 / 25.08.2020
8172
1 daqiqa o‘qiladi

Bayrut portida zaharli moddalar saqlangan 79 ta konteyner topildi

Livanlik harbiylar 4 avgustda kuchli portlash sodir bo‘lgan Bayrut portida atrofdagilarga xavf solishi mumkin bo‘lgan kimyoviy moddalar saqlagan 79 ta konteyner topishdi.

Foto: REUTERS/Abd Rabbo Ammar

Livan armiyasi matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, portda 14-22 avgust kunlari “atrofga sizib chiqishi falokatga olib kelishi mumkin bo‘lgan” tuz kislotasi saqlangan 25 ta hamda boshqa moddalar saqlangan 54 ta konteyner aniqlangan. 

4 avgust Bayrut portida shahardagi yuzlab binolarni vayron qilgan va ko‘plab odamlarning halok bo‘lishiga olib kelgan kuchli portlashlar yuz bergandi. Portlash oqibatida 170 dan ko‘proq odam vafot etgan, 6 mingga yaqin odam jarohat olgan. Portlashga 2014 yilda bojxona xizmatlari tomonidan musodara qilingan va portdagi omborlardan birida 6 yil davomida saqlangan 2750 tonna ammiak selitrasi sabab bo‘lgan. 

Ushbu hodisa tergovi davomida portning 16 xodimi hibsga olingan. Bundan tashqari, port ma'muriyati kengashi va bojxona boshqarmasi xodimlari hamda omborda ta'mirlash ishlarini olib borganlar, jami 18 dan ko‘proq kishi so‘roq qilingan.

Mavzuga oid