Kim Chen In bir necha oydan beri koma holatida bo‘lishi mumkinligi aytildi
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Kim De Chjunning yordamchisi Chan Son Minning ta'kidlashicha, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bir necha oydan beri koma holatida bo‘lishi mumkin. Bu haqda New York Post nashri ma'lum qildi.
“O‘ylashimcha, u koma holatida, ammo vafot etmagan”, deb aytgan Chan Son Min.
Uning taxmin qilishicha, Kim Chen Inning omma oldidagi oxirgi chiqishlari tasvirlangan barcha lavhalar montaj qilingan. Janubiy koreyalik diplomatning ta'kidlashicha, hokimiyatda bo‘shliq paydo bo‘lgani sababli Kim Chen In vakolatlarining bir qismi uning singlisi Kim Yo Chenga topshirilgan.
O‘tgan hafta Janubiy Koreyaning milliy razvedka agentligi Kim Chen In o‘z vakolatlarining bir qismini bir qator amaldorlarga topshirgani va singlisini mamlakatdagi ikkinchi shaxs etib tayinlaganini ma'lum qilgan.
“Ryonxap” axborot agentligining razvedka ma'lumotlariga tayanib xabar berishicha, Koreya Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi tashkiliy-nozirlik bo‘limi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari lavozimini egallagan Kim Yo Chen endilikda Pxenyanning Seul va Vashington bilan munosabatlariga mas'ul hisoblanadi. Shu bilan birga, u hali Kim Chen Inning vorisi deb e'lon qilinmagan.
Yana ikki amaldor zimmasiga iqtisodiyotni boshqarish yuklatilgan. Ikki nafar yuqori lavozimli harbiy esa avval Kim Chen In nazorat qilgan mudofaa masalalariga qisman mas'ul etib tayinlagan.
Joriy yil aprelida Shimoliy Koreya yetakchisi 3 haftaga yaqin ko‘rinish bermagan. Keyinroq OAVda Kim Chen In jiddiy kasal yoki umuman vafot etgan bo‘lishi mumkinligi ma'lum qilingan.
Biroq may oyida Shimoliy Koreya matbuoti Kim Chen In ishtirokidagi kadrlarni e'lon qilgan. U Sunchxondagi ma'danli o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi zavod ochilishida ishtirok etgan.
Mavzuga oid
19:12
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
09:08 / 08.11.2024
Zelenskiy: Kursk oblastidagi KXDR askarlari yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda
22:13 / 31.10.2024
Ukraina Kim Chen Inni hibsga olish orderi bo‘yicha XJSga murojaat qiladi
21:26 / 29.10.2024