Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Politsiyachilarning afroamerikalikka o‘q uzishi ortidan Viskonsin shtatida tartibsizliklar boshlandi
Kenoshada tartibsizliklar ikki kundan buyon davom etmoqda. Avvalroq shaharda komendantlik soati joriy etilgandi.
Foto: Tannen Maury/EPA
Kenosha shahrida (Viskonsin shtati, AQSh) politsiya xodimlari namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘lladi. Namoyishlar politsiyachilar afroamerikalik Jyeykob Bleykka bir necha marta o‘q uzishganidan so‘ng boshlandi, deb xabar bermoqda CBS telekanali.
Politsiya va namoyishchilar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar Kenosha shahri sudi binosi yaqinida sodir bo‘lgan.
Norozilik namoyishi ishtirokchilari politsiya xodimlariga qarata mushak, shisha va plastik idishlarni uloqtirishgan. Huquqni muhofaza qilish organi vakillari ularga javoban ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va rezina o‘qlardan foydalangan.
Keyin esa namoyishchilar sud binosiga o‘t qo‘yishgan. Voqea joyiga milliy gvardiya yetib kelgan.
Kenoshada tartibsizliklar ikki kundan buyon davom etmoqda. Avvalroq shaharda komendantlik soati joriy etilgandi.
Tartibsizliklar yakshanba kuni politsiya xodimlari 29 yoshli afroamerikalik Jyeykob Bleyk avtomobiliga o‘tirayotganida unga qarata yetti marta o‘q uzishganidan keyin boshlandi. Unga o‘q uzgan ikki politsiyachi ma'muriy ta'tilga chiqarilgan.
Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Jo Bayden "zudlik bilan to‘liq va shaffof tergov o‘tkazish"ga chaqirdi. U shuningdek, o‘q uzgan politsiyachilar javobgarlikka tortilishi shartligini ta'kidladi.
Mavzuga oid
10:20
AQSh Tinch okeanida narkosavdogarlarga tegishli deb aytilgan kemaga zarba berdi
09:09
AQSh Rossiyaning “yashirin floti”ga aloqador tankerni qo‘lga oldi
08:36
AQSh va Armaniston tinch atom bo‘yicha hamkorlikni boshladi
13:09 / 09.02.2026