Rospotrebnadzor ko‘rshapalaklarda koronaviruslarni tekshirishni boshladi
Rospotrebnadzor tashkiloti Rossiyaning turli hududlarida tarqalgan ko‘rshapalaklarda koronaviruslar bor-yo‘qligini tekshirishni boshladi. Bu haqda tashkilotda ma'lum qilindi. Bu loyiha virusning tarqalish yo‘llarini va epidemik xatarlarni baholash imkonini beradi.

Foto: Flickr
“Rospotrebnadzorning Epidemiologiya ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari Rossiyaning turli hududlarida: Moskva shahri va Moskva viloyatida, Markaziy-Chernozyom mintaqasi va Janubiy federal okrugida (Voronej va Volgograd oblastlari, Krasnodar o‘lkasi) yashovchi ko‘rshapalaklarda koronaviruslar bor-yo‘qligini bilish bo‘yicha katta ko‘lamli tadqiqotlar olib bormoqda”, deb ma'lum qilingan xabarda.
Tashkilotda ko‘rshapalaklarning turfa xil turlarida koronaviruslar uchrashini baholash, ularda topilgan viruslarning ma'lum bo‘lgan viruslar bilan yaqinligi darajasini aniqlash, hayvonlar o‘tkazuvchi koronaviruslar biologik turfa xilligi haqida ma'lumotlar olishni rejalashtirgan. Shuningdek, ko‘rshapalaklar harakatlanishi xaritasini tahlil qilish va viruslar tarqalishi yo‘llarini baholash ko‘zda tutilgan. Tadqiqotlar olimlarga ehtimoliy epidemik xatarlarni aniqroq va to‘laroq baholashda yordam beradi.
Olimlarning ma'lum qilishicha, ular shu maqsadda bir qator hududlarda, jumladan, Moskva, Voronej va Volgograd oblastlari, Qora dengiz sohillarida ko‘rshapalaklardan ko‘p miqdorda biologik namunalar to‘plashgan. Ko‘rshapalaklardan namunalar olingach, ular qo‘yib yuborilgan. Hammasi bo‘lib 1,5 mingtadan ko‘proq ko‘rshapalakni o‘rganish rejalashtirilgan.
Yangi turdagi koronavirus bilan kasallanishning ilk holatlari Xitoyning Uhan shahrida qayd etilgandi. Virusning tarqalish o‘chog‘i yovvoyi hayvonlar sotiladigan mahalliy bozor bo‘lgani taxmin qilinib kelinadi, biroq buning aniq isboti yo‘q va koronavirus manbasi hali topilmagan. JSSTning taxmin qilishicha, koronavirus odamlarga hayvonlardan yuqqan va virusning dastlabki manbasi ko‘rshapalaklar bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Rossiya elchisi bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 13:53
-
«Oltinlarimiz qayerda?» - nemislar AQShdagi zaxiralar yuzasidan xavotir bildirdi
Jahon | 13:35
-
Eutelsat: Germaniya Kiyev uchun sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimini to‘lab beryapti
Jahon | 13:32
-
Volgogradda 11 nafar o‘zbekistonlik vaqtincha saqlash markazida saqlanayotgani aytildi
Jamiyat | 13:29
Mavzuga oid

08:51
Rossiya Kriviy Rigga yana zarba berdi: kamida 19 kishi halok bo‘ldi

08:38
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi

08:28
Yevropa va Kanada Putindan AQSh taklifiga darhol javob berishni talab qilmoqda

08:14