Eutelsat: Germaniya Kiyev uchun sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimini to‘lab beryapti
Germaniya so‘nggi bir yil davomida Yevropaning Eutelsat sun’iy yo‘ldosh tizimidan foydalanish bo‘yicha Ukraina xarajatlarini to‘lab kelyapti, deya ma’lum qildi Fransiya-Britaniya guruhi rahbari.

Foto: ESA
Germaniya Ukrainaning Eutelsat Fransiya-Britaniya guruhining sun’iy yo‘ldosh tizimidan foydalanishi uchun haq to‘layapti. Bu haqda 4 aprel, juma kuni uning bosh ijrochi direktori Yeva Berneke ma’lum qildi, deb xabar beradi Reuters. To‘lov miqdori ko‘rsatilmagan.
Mart oyida Yevrokomissiya (YeK) Ukrainaning Yevropa sun’iy yo‘ldosh tarmog‘iga kirishini subsidiyalash kerakligini va yetarlicha aloqani ta’minlash uchun sun’iy yo‘ldoshlar sonini ko‘paytirish zarurligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters. Iris2 YeK tashabbusi loyihasi 10,6 mlrd yevro qiymatga ega bo‘lib, u taxminan 300 kosmik apparatlarni birlashtirish bo‘yicha davlat sektori hamda xususiy kompaniyalar hamkorligini nazarda tutadi. Loyiha 2030 yildan keyin ishlay boshlaydi.
Ukrainalik harbiylar hozirgi vaqtda asosan amerikalik milliarder Ilon Mask tomonidan boshqariluvchi Starlink sun’iy yo‘ldosh tarmog‘idan foydalanadi, u Ukraina qurolli kuchlari uchun aloqa tezligi nuqtayi nazaridan juda muhim. Starlink tarmog‘i Eutelsat'ga qaraganda ancha zichroq, sun’iy yo‘ldoshlar ham zamonaviyroq, shuning uchun ular orqali internetga ulanish ancha tez ishlaydi. Biroq so‘nggi oylarda, ayniqsa Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimini egallaganidan so‘ng, AQShning yangi hukumati va Starlink egasi Mask Ukrainani Rossiyaga qarshi mudofaa urushida qo‘llab-quvvatlashda davom etishiga shubhalar paydo bo‘ldi.
Fevral oyi oxirida, agar Trampning Ukraina foydali qazilmalari bo‘yicha kelishuvi barbod bo‘lsa, Maskning SpaceX kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan Starlink interneti Ukrainada o‘chirilishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, AQSh prezidentining Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog Kiyevdagi muzokaralar chog‘ida agar bu kelishuv imzolanmasa, Starlink kompaniyasi «ishi o‘chirib qo‘yilishi» bilan tahdid qilgan. Biroq, Ilon Maskning o‘zi bu imkoniyatni rad etdi.
Shu bilan birga, Yevropada Ukrainadagi Starlink'ni muqobil operator bilan almashtirish bo‘yicha munozaralar davom etmoqda. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, Eutelsat Yevropa Ittifoqi bilan OneWeb sun’iy yo‘ldoshlari Ukrainada Starlink o‘rnini bosishi haqida muzokaralar olib bormoqda.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Irkutskda O‘zbekiston mahsulotlarini tarqatish majmuasi qurilishi mumkin
Iqtisodiyot | 09:51
-
London Ukrainaga ko‘p millionlik yordam taqdim etdi
Jahon | 09:50
-
Toshkentda O‘rta transport yo‘lagi istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston | 09:33
-
Malayziya O‘zbekistonda chiqindilarni boshqarish loyihalariga qiziqish bildirmoqda
O‘zbekiston | 09:13
Mavzuga oid

08:57
YeI siyosatchilari Mersning Kiyev uchun TAURUS haqidagi so‘zlarini olqishladi

09:50 / 14.04.2025
Mers Kiyevga TAURUS yetkazib berilishini qo‘llab-quvvatladi

10:33 / 12.04.2025
Rossiya Kiyev va Xarkivga dronlar bilan zarba berdi, jabrlanganlar bor

13:57 / 23.03.2025