Jamiyat | 23:07 / 26.08.2020
9054
1 daqiqa o‘qiladi

Qo‘qonda «Captiva» sotib olmoqchi bo‘lgan fuqaro 22800 dollarga aldandi

Firibgar hozir qamoqda.

2019 yilning dekabr oyida S.X. S.U.ning ishonchiga kirib, o‘zining nomida bo‘lmagan «Captiva» avtomobili o‘ziniki ekanini va uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, aldov yo‘li bilan avtomobilni 22 800 AQSh dollariga sotib, bergan va'dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Farg‘ona viloyat IIBdan xabar qilishlaricha, holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi »a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan sud tomonidan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, Jkning 168-moddasi 4-qismidagi jinoyat uchun sanksiya o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni ko‘zda tutadi.

Mavzuga oid