Toshkentda yana 2ta avtobus yo‘nalishi harakatiga o‘zgartirish kiritildi
Toshkent shahridagi Yangi Qo‘yliq ko‘chasi orqali harakatlanuvchi 2ta avtobus yo‘nalishi harakatiga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritildi.
Toshkent shahridagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasini rekonstruksiya qilish ishlari doirasida avtotransport vositalarining Yangi Qo‘yliq ko‘chasidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga harakatlanishi vaqtinchalik cheklangan.
“Toshshahartransxizmat” xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan yo‘lovchilar tashish uzluksizligini ta'minlash maqsadida, ta'mirlash ishlari yakuniga yetkazilgunga qadar, 2020 yil 25 avgustdan boshlab 37-sonli “Mahalliy Aeroport-3 – Toshkent MUM” va 55-sonli “Toshkent quvur zavodi – Istiqlol ko‘chasi” avtobus yo‘nalishlarining shahar markazi tomon harakati Yangi Qo‘yliq ko‘chasidagi “2-oilaviy poliklinika” bekatidan so‘ng Fayziobod 9-tor, Fayziobod, Fayziobod 4-tor, Beshkent, Oqbilol 4-tor, Oqbilol ko‘chalari, Farg‘ona bozori ko‘prik osti yo‘li, Farg‘ona yo‘li-Jarqo‘rg‘on ko‘chalari chorrahasi, Farg‘ona bozori ko‘prik yo‘li va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishlarini davom ettirgan holda vaqtinchalik o‘zgartirildi.
Avvalroq, Yunusobod tumani orqali harakatlanuvchi 17ta avtobus yo‘nalishi harakatiga o‘zgartirish kiritilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
21:21 / 13.11.2024
Urganchga Xitoydan 30 dona zamonaviy avtobus olib kelindi
20:17 / 13.11.2024
Pokistonda to‘y avtobusi daryoga qulashi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi
18:38 / 13.11.2024