Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreya prezidenti shifokorlarning ish tashlashini askarlarning jang maydonini tashlab qochishiga qiyosladi
Janubiy Koreya shifokorlari hukumat taklif etgan sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarga qarshi chiqishmoqda.
Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In tibbiyot xodimlarining ish tashlashlariga nisbatan keskin javob qaytarilishini va'da qildi.
"Shifokorlarning yirik pandemiya vaziyatida ishlashdan bosh tortishlari askarlarning jang vaqtida qochishlari bilan barobar", - ta'kidladi Mun Chje In.
U shifokorlar yaqin vaqt ichida ishga qaytishiga umid bildirdi, shu bilan birga ularga nisbatan qonun doirasida keskin choralar ko‘rilishini tasdiqladi.
Chorshanba kuni mamlakat hukumati klinik shifoxonalar xodimlari ishga qaytishlari shartligi to‘g‘risida qaror chiqardi.
Janubiy Koreya shifokorlari hukumat taklif etgan sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarga qarshi chiqishmoqda. Islohotlarda tibbiy o‘quv muassasalariga qabul kvotalarini oshirish ko‘zda tutilgan. Ish tashlash qilayotganlar shifokorlar sonining ko‘payishi raqobatni kuchaytirishi va daromadlarning pasayishiga olib kelishidan xavotirlanmoqda.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Janubiy Koreyada koronavirusga chalinganlar soni 18,7 mingdan oshgan, 313 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
19:22 / 16.06.2026
O‘zbekistonda ish tashlash huquqi joriy etilmoqda. U qanday ishlaydi?
20:02 / 11.06.2026
Ish tashlash taqiqlangan sohalar belgilandi
18:55 / 11.06.2026
Ish tashlashni amalga oshirish tartibi belgilandi
12:01 / 21.05.2026