Jahon | 13:57 / 27.08.2020
4806
2 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev yadroviy qurolsizlanish bo‘yicha sammit o‘tkazishni taklif qildi

Qozog‘iston Respublikasi birinchi prezidenti Rossiya, AQSh, Xitoy va YeI yetakchilari ishtirokida yadroviy qurolsizlanish bo‘yicha sammit o‘tkazishni taklif qildi. Bu haqda u BMT Bosh assambleyasining maxsus sessiyasi ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida aytib o‘tdi, deyiladi Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi saytida.

Foto: Global Look Press

«Ishonchim komilki, agar sammit ushbu to‘rt tomonlama shaklda o‘tkazilsa, unda uning asosiy mavzularidan biri yadro qurolini bosqichma-bosqich va mutanosib ravishda qisqartirish to‘g‘risida ko‘p tomonlama bitimni ishlab chiqish bo‘lishi kerak», - dedi Nursulton Nazarboyev. Shuningdek, u bunday sammitni o‘tkazish uchun maydoncha taqdim etishga tayyorligini bildirdi.

Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya bilan yadroviy qurolsizlanish bo‘yicha muzokaralarni «bugungi kunda dunyodagi eng katta muammo» deb atagandi. Uning ta'kidlashicha, Moskva bu borada Qo‘shma Shtatlar bilan kelishuvga erishishni «juda istayapti».

Avgust oyi boshida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tramp bilan strategik hujum qurollarini yanada qisqartirish va cheklash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi shartnoma bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildi. U jangovar kallaklar, qit'alararo ballistik raketalar va suvosti kemalari hamda og‘ir bombardimonchi samolyotlarda joylashtirilgan raketalar sonini kamaytirishni nazarda tutadi. 2010 yilda imzolangan kelishuv muddati 2021 yil fevralda tugaydi. Tomonlar uning muddatini uzaytirish borasida hali bir to‘xtamga kelishmagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid