Jahon | 01:04 / 28.08.2020
4585
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniya bosh vaziri ortiqcha vazndan xalos bo‘lish uchun shaxsiy murabbiy yolladi   

Foto: AFP

Britaniya bosh vaziri Boris Jonson ortiqcha vazndan xalos bo‘lish uchun shaxsiy murabbiy yolladi. Bu haqda britan nashrlari xabar berdi.    

Jonsonning murabbiyi mashhur kishilar bilan ishlovchi va teleshouda ishtirok etuvchi Garri Jyeymson bo‘lgan.

Britaniya bosh vaziri koronavirusni boshdan o‘tkazgandan keyin ortiqcha vaznga qarshi kurashishga qaror qilgan. Uning ta'kidlashicha, ortiqcha vazn ehtimol uning kasallikni og‘ir kechirishiga sabab bo‘lgan: Jonson bir necha kun jonlantirish bo‘limida o‘tkazishiga to‘g‘ri kelgan.

Avval Jonson ortiqcha vaznga olib keluvchi shirinliklar hamda unli mahsulotlar va umuman zararli yeguliklar iste'mol qilishga moyilligini bir necha marta aytgan.

Ta'kidlanishicha, 55 yoshli Jonsonga uning 32 yoshli qallig‘i Kerri Saymonds ijobiy ta'sir ko‘rsatmoqda: bosh vazir oxirgi mahal ancha oriqlagan va spirtli ichimliklar ichishni kamaytirgan. Aprel oxirida juftlik o‘g‘il farzandli bo‘lgandi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid