Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST pandemiya sharoitida maktablar faoliyatining tiklanishi imkoniyatiga baho berdi
Jamiyatning pandemiya sababli kiritilgan cheklovlar rejimidan chiqishi maktablar faoliyati tiklanishisiz yuz berishi mumkin emas. Bunday fikrni JSSTning Yevropadagi byurosi direktori Xans Klyuge Kopengagenda o‘tgan brifingda bildirdi.
Foto: Getty Images
Uning ta'kidlashicha, maktablar koronavirus tarqalishining asosiy o‘choqlaridan biri hisoblanmaydi. Bolalar koronavirus tarqalishida muayyan rol o‘ynaydi, biroq bu ularning ta'lim muassasalaridan tashqaridagi muloqoti bilan bog‘langan.
“Eng asosiysi – ko‘p narsa jamiyatda infeksiyaning tarqalganlik darajasiga bog‘liq. Koronavirusga qarshi qaratilgan asosiy choralar barcha sohalarda qabul qilinishi lozim”, deb ta'kidlab o‘tgan Klyuge.
JSSTning Yevropadagi byurosi 31 avgustda maktablar ochilishi va koronavirusga bag‘ishlangan virtual uchrashuv o‘tkazadi. Unda qit'aning 53 davlati ishtirok etishi kutilmoqda.
Bir qator davlatlarda o‘quv yili pandemiya sababli onlayn tarzda boshlanmoqda.
Avvalroq O‘zbekistonda yangi o‘quv yilini 14 sentyabrdan boshlash taklif sifatida kiritilib, bunda darslarni gibrid ssenariy (an'anaviy va onlayn ta'lim aralash holda) asosida o‘tkazish kutilayotgani aytilgan edi.
Mavzuga oid
17:25 / 29.05.2025
Osiyoda COVID yana keng tarqaldi, hukumatlar niqob taqishga chorlamoqda
17:31 / 16.04.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalardan himoyalanish rejasini taqdim etadi
13:46 / 14.03.2025
Xitoy pandemiya kelib chiqishi masalasida vazminlikka chaqirdi
11:55 / 09.09.2022