Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirus pandemiyasidan eng ko‘p jabr ko‘rgan rivojlangan davlat ma'lum qilindi
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti koronavirus pandemiyasidan eng ko‘p jabr ko‘rgan rivojlangan davlat Britaniya bo‘lganini aniqladi.
Ma'lum qilinishicha, Britaniya yalpi ichki mahsuloti 2020 yilning 2-choragida 20,4 foizga pasaygan. Bu orada tashkilotga a'zo 37 ta davlatning iqtisodiyoti 2-chorakda 1-chorakka nisbatan 9,8 foizga pasaygan. Ta'kidlanishicha, Britaniyadagi iqtisodiy pasayish kuzatuvlar tarixidagi eng yirigi bo‘lgan.
Mutaxassislar bunday pasayishni koronavirus sababli kiritilgan cheklovlar bilan bog‘lashmoqda.
Britaniyaning davlat qarzi iyulda tarixda birinchi marta 2 trln funt sterlingdan (2,6 trln dollardan ko‘proq) oshdi. Angliya banki prognoziga ko‘ra, Britaniya yalpi ichki mahsuloti joriy yilda 14 foizga pasayadi. Bu esa Birlashgan Qirollik uchun 1706 yildan beri eng yomon ko‘rsatkich bo‘ladi. Shuningdek, ishsizlik darajasi 4 foizdan 9 foizgacha oshishi kutilmoqda.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti 1961 yilda tashkil etilgan bo‘lib, dunyoning yetakchi iqtisodiy tashkilotlaridan biri hisoblanadi. U 37 ta eng rivojlangan davlatni o‘z ichiga olgan.
Mavzuga oid
10:15
Britaniya davlat xizmatchilari akkauntlari hakerlik hujumiga uchradi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
09:31 / 28.03.2026
O‘zbekistonlik talabalar Britaniya diplomini ham olishi mumkin
15:26 / 04.03.2026