Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Test sinovlari vaqtida Samarqandda abituriyentlar uchun 12 ta maxsus avtobus liniyasi tashkil etiladi
2-12 sentabr kunlari yo‘lovchilar oqimi keskin sur'atda o‘sishini inobatga olib Samarqand viloyat transport boshqarmasi avtobus yo‘nalishlari jadvaliga o‘zgartirish kiritmoqda. Chunki bu vaqtda ham abituriyentlar, ham boshqa yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish kerak.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmatining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, 11 kun davomida Samarqand shahrida abituriyentlarni manzilga yetkazish uchun alohida yo‘nalishlar tashkil qilinishi belgilandi. Ushbu yo‘nalishlarda avtobuslar ertalabki 05:00 dan kechki 21:00 gacha harakatlanadi.
Shuningdek, yo‘l kira narxi sun'iy ravishda oshirilishining oldini olish maqsadida Samarqand shahrining 12 ta hududida faqat abituriyentlar uchun avtobuslar liniyalari tashkil etiladi. U yerdan avtobuslar imtihonlar o‘tadigan 7 ta obekt tomon harakatlanadi. Bu 12 ta hudud tumanlardan shaharga keluvchi marshrutlarning to‘xtash bekati hisoblanadi va ular atayin tumanlardan keluvchi abituriyentlar uchun tashkil etilgan.
▪️Ushbu qo‘shimcha avtobuslar liniyalari quyidagi hududlardan harakatlanadi:
▪️Dahbet ko‘chasida (Bank kolleji oldida);
▪️Universitet xiyobonida («Registon Plaza» mehmonxonasi oldida);
▪️Siyob ABBda (Kaftarxona);
▪️Tarix muzeyi oldida («Povorot»);
▪️Hazora ABBda;
▪️Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida (Narpay ko‘chasi chorrahasi);
▪️Sartepa maskanida (Turizm kolleji oldida);
▪️Farhod shaharchasida (Shirin MFY);
▪️Qorasuv maskanida;
▪️Ulug‘bek rasadxonasi oldida;
▪️Siyob bozorida (yo‘l o‘tkazgich ko‘prik osti);
▪️Kimyogarlar shaharchasida («Nurafshon» o‘yingohi oldida) tashkillashtiriladi.
Har bir avtobus qaysi yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishi haqida maxsus yo‘l ko‘rsatgichiga ega bo‘ladi. Ushbu avtobuslardan faqatgina abituriyentlar foydalanishi mumkin. Avtobuslarga 25 nafardan ortiq yo‘lovchi tashish ta'qiqlanadi. Ota-onalar yoki boshqa hamrohlar avtobuslarga chiqarilmaydi.
Avtobuslarning sanitariya qoidalariga rioya qilishi, yo‘lovchilar soni viloyat transport boshqarmasi mas'ul xodimlari hamda inspektorlari tomonidan nazorat qilinadi.
O‘z navbatida, aholi uchun jamoat transporti odatdagi jadval bo‘yicha xizmat ko‘rsatishda davom etadi.
Mavzuga oid
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026