Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anqara Afinaning territorial suv chegaralarini kengaytirish rejasini urush sari qadam deb baholadi
Avvalroq Gretsiya bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis mamlakat hukumati parlamentga Ionika dengizida territorial suv chegaralarini oltidan 12 dengiz milyasigacha kengaytirish bo‘yicha qonun loyihasini taqdim etmoqchiligini ma'lum qilgandi.
Anqara Afinaning ayim hududlarda territorial suv chegaralarini oltidan 12 dengiz milyasigacha kengaytirish rejasini keskin tanqid qildi.
"Afinaning territorial suv chegaralarini kengaytirishga urinishi urush uchun bahona bo‘lmasa, unda nima?" – dedi Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay.
Avvalroq Gretsiya bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis mamlakat hukumati parlamentga Ionika dengizida territorial suv chegaralarini oltidan 12 dengiz milyasigacha kengaytirish bo‘yicha qonun loyihasini taqdim etmoqchiligini ma'lum qilgandi.
Mitsotakis Afina BMTning dengiz huquqlari bo‘yicha konvensiyasiga qat'iy rioya qilgan holda harakat qilishini ta'kidlagan.
O‘z navbatida, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Turkiya o‘z manfaatlarini himoya qilishini bildirdi.
"Endi zamonaviy Turkiya yon berishlarga tayyor mamlakat emas. Anqara hududdagi milliy manfaatlarini himoya qilish uchun barcha choralarni ko‘radi va buning uchun har qanday to‘lovga tayyor. Turkiya ham O‘rta yer, ham Egey, ham Qora dengizdagi o‘ziga tegishli narsani oladi", - dedi u.
Avvalroq Turkiya YeIning O‘rta yer dengizida georazvedka ishlarini to‘xtatish to‘g‘risidagi talabini rad etgandi.
Mavzuga oid
08:22 / 06.06.2026
Ukraina Gretsiyaga diplomatik izoh berdi
14:21 / 05.02.2026
Gretsiyaning Egey dengizidagi oroli yaqinida 15 nafar migrant halok bo‘ldi
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026