Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boeing samolyoti Ruminiyada avariyaviy qo‘nishni amalga oshirdi
Afg‘onistondan AQShga maxsus reys bajargan Boeing 767 samolyoti Ruminiya poytaxti yaqinidagi Benyase shahrida joylashgan “Aurel Vlayku” aeroportiga avariyaviy qo‘nishni amalga oshirdi. Samolyot bortida 84 yo‘lovchi bo‘lgan, ularga jabr yetmagan.
Buxarest aeroportlari milliy kompaniyasi (CNAB) vakili Valentin Iordakening ta'kidlashicha, samolyotning asosiy shassisi tayanchlari shikastlangan. Yo‘lovchilar evakuatsiya qilingan. Voqeaning tergov qilinishi boshlangan.
BoardingPass.ro saytining ma'lum qilishicha, AQShning Omni Air aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan samolyot qo‘nishi vaqtida asosiy shassisining chap tomondagi tayanchlariga shikast yetgan. Shu sababli samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagida qolib ketgan. Samolyot Kobuldan uchayotgan bo‘lgan. U Ruminiyadagi aeroportga yonilg‘i to‘ldirish uchun qo‘nib, so‘ngra Vashingtonga uchishi kerak bo‘lgan. Aeroport vaqtincha yopilgan, Benyaseda qo‘nishi kerak bo‘lgan samolyotlar Otopen shahri aeroportiga jo‘natilgan.
Mavzuga oid
09:15 / 26.06.2026
Rossiya Ruminiyaga javob chorasi sifatida konsullikni yopmoqda
08:52 / 25.06.2026
Ruminiyada Moldova bilan birlashish bo‘yicha qonun loyihasi yangi bosqichga o‘tdi
08:28 / 03.06.2026
Ruminiya 298 ta Lynx jangovar mashinasini xarid qiladi
18:37 / 29.05.2026