Jamiyat | 09:49 / 29.08.2020
5582
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida fuqarolarni 2,2 mlrd so‘mga aldagan shaxslar ushlandi 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Foto: Tergov departamenti

2019 yilning sentabr oyidan 2019 yilning dekabr oyiga qadar Toshkent viloyatida 30 yoshli Z.D. va 50 yoshli Yo.T. bir guruh bo‘lib, o‘zganing mol-mulkini aldash va ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida o‘zlarini MChJning rahbarlari sifatida tanishtirgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular mineral o‘g‘it bahosi arzon bo‘lgan vaqtda sotib olib, so‘ng bahosi qimmatlashgan vaqtda sotish orqali foyda ko‘rishni taklif etib, 42 yoshli A.D.ning ishonchiga kirib, Ohangaron tumani hududida undan 1 mlrd. 700 mln. so‘m va 44 yoshli A.A.dan 500 mln. so‘m miqdoridagi pullarni aldash yo‘li bilan qo‘lga kiritib, shu kunga qadar qaytarib bermagan.

Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Z.D. va Yo.T. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan. 

Qayd etilishicha, hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid