Avvaliga e'tibor bermagan ekanmiz, köçada bir qator qilib arçalar ekilgan, oyoq ostiga çiroyli qilib toş terilgan. Arçalar orasida örindiqlar, yonida çiqindi qutilari örnatilgan. Qisqasi, köçaning umumiy körinişi nafaqat qişloq joyida yaşaydiganlar, balki şahar mahallalari ham havas qilgulik darajada.
Töxtab, otaxonlarga hormanglar, deb ularni suhbatga tortdik. Köçadagi obodonçiliklarning taşabbuskori nafaqadagi şifokor Salohiddin ota Jalolov ekan. 5-6 yillar avval uzunligi 1 kilometrça keladigan köçani obod va namunali köça qiliş sa'y-harakatlari boşlangan hamda bugun ança işlar qilingan.
«2013 yilda qöşni otaxonlar bilan hovlilarimizni köça qismini obodonlaştiriş haqida bir töxtamga keldik va iş boşladik. Öşanda köçamizdagi daraxtlar tartibsiz ekilgan edi. Köça tarafda teraklar şundoqqina elektr simlari ostida tartibsiz ösar va har gal şamol bölganda simlar bir-biriga tegib nimstansiyani portlatib yuborar yoki xonadonlardagi elektr jihozlarni kuydirar edi.


Işni öşa teraklarni kesib, örniga arça ekişdan boşladik. Bir-ikki yilda arçalar közga taşlanib qolgaç, ular orasiga örindiqlar va çiqindi qutilari örnatdik. Keyin oyoq ostiga çiroyli qilib toş terişni maqsad qildik. Özimiz taraflarda ham toş köp, ammo bizga avtomobillar bosganda ham ezilib ketmaydigan pişiq toşlar kerak edi. Bunday toşlarni Jizzaxdan topib keldik. Oyoğingiz ostidagi toş terilganiga 6 yil böldi, körib turibsiz, ular yaxşi holatda saqlanayapti.
Maslahatlaşib, köçamizni boşdan oyoq mana şunday çiroyli körinişga keltirişni maqsad qildik. Tan oliş kerak, bu taşabbusimizga qarşi bölganlar ham böldi. Ayrimlar hozir ham qarşilik qilayapti. Ammo biz töxtamoqçi emasmiz. Köçamizni Urgut-Panjyekent yöliga (ya'ni Urgut-Bulunğur yöli) tutaşgan qismigaça mana şunday çiroyli qiliş niyatimiz bor. Bu taşabbusni boşlaganimizga 7 yil böldi. Xudo xohlasa keyingi yilda köçamizni oxirigaça mana şunday çiroyli körinişga keltirişni maqsad qilganmiz», deydi Salohiddin ota.



Keyin otaxon köça boşidagi elektr taqsimlovçi nimstansiyani körsatdi. Turli murojaatlar ortidan mamlakatimizning köplab hududlarida bölamiz va aksariyat joylarda nimstansiyalar qarovsiz, ötkinçilar uçun xavfli, oçiq holatda böladi. Haşarçi otaxonlar esa nimstansiyani panjara bilan örab, tepasiga temir qoplama ham qilib qöyişgan.
«Mana şu nimstansiya va unga tortib kelingan beton simyoğoçlarni 2006 yilda haşar yöli bilan qilganmiz. Şunça yillardan beri nimstansiyaning atrofi oçiq va qarovsiz holda yotgan edi. Bu yölovçilarga, ayniqsa, yoş bolalar uçun xavfli. Şu yil bahorda nimstansiyani çiroyli qilib rangladik, atrofini panjara qilib öradik va bir qismiga temirdan qoplama qildik.
Yaqinda Urgut elektr tarmoqlari korxonasini rahbari kelib, qilgan işlarimizni kördi va xursand böldi. U tez orada köçamizdagi eski, çirigan yoğoç simyoğoçlarni yangi beton simyoğoçlarga almaştirib berişini va'da qildi. Agar mustaqillikkaça şu işni bajarib bersa, töyga töyona bölardi», deydi Salohiddin ota.


«Döxtir bobo (Salohiddin Jalolovni şunday çaqirişadi) bilan mana şu toşlarni Jizzaxdan olib kelganmiz. Ilk arça köçatlar ekilganidan boşlab bugungaça ularni parvarişi bilan özimiz şuğullanamiz. Meni özim ustaman. Mana bu suv tarqatadigan minoraning ğiştlarini ham özimiz terganmiz.
Boşqa joylarga borganimizda biror yaxşi taşabbusga közimiz tuşsa, kelib köçamizni obod qiliş uçun öşandan foydalanamiz. Yoşlarga boş bölib darrov haşar taşkil qilamiz. Mablağni ham har kim könglidan çiqarib beradi, kimdir pensiyasidan, kimdir maoşidan deganday.



Bu işlarni bolalarimiz va nabiralarimiz uçun qilayapmiz. Mana şu çiqindi qutilarini örnatib, nabiralarimizga köçaga çiqindi uloqtirmaslik kerakligini, qayerda bölsa ham çiqindilarni maxsus qutilarga taşlaşni, bu işni örtoqlariga ham tayinlaşni sörab, saboq berdik», deydi otaxonlardan biri Jalilov Mahmadali.
Salohiddin ota otaxonlar bilan bajargan işlarini gapirib berar ekan, şu paytgaça yordam söramagan hokimiyatdan endi yordam söraşini bildirdi: «Köçamizni oxirigaça mana şunday çiroyli körinişga keltiriş uçun arça köçatlarini sotib oliş, yöl çetiga beton ariqlar qilişni va boşqa mayda-çuyda işlarni haşar yöli bilan eplaymiz. Ammo köçaning öziga salkam bir kilometr joyga toş terib çiqiş uçun katta mablağ kerak böladi. Asfalt qilaylik desak, bunga ham biz otaxonlarning pensiyamizdan ajratadigan pulimiz yetmaydi. Şu uçun Urgut tuman hokimiyatiga köçamizni asfalt qilib berişni sörab murojat qilmoqçimiz. Öylaymizki, ular ijobiy javob berişadi», deydi otaxon.
Bugungi kunda tanasida kuç-quvvati yetarli bölgan insonlarni ham umum manfaati yölida qilinadigan haşarlarda iştirok etişi kamaygan paytda bu otaxonlarning qilayotgan işlari namuna qilib körsatişli, bizningça...
Ğayrat Yöldoş tayyorladi
Tasvirçi va montaj ustasi Faxriddin Hotamov











