Odatda tajribasiz odamlar öz qobiliyatlariga ortiqça baho berib yuborişadi. Tajribali şaxslarga esa öz imkoniyatlariga aslidagidan pastroq baho beriş xosdir. Psixologiyada bu holat Danning-Kryuger effekti deb nomlanadi.

Mazkur holat 1999 yilda amerikalik psixologlar Jastin Kryuger va Devid Danninglar tomonidan ilmiy asoslangan. Danning-Kryuger effektiga köra, tajribasi past insonlar xato xulosalar çiqarişadi hamda muvaffaqiyatsiz qaror qabul qilişadi. Ular muvaffaqiyatsizliklari notöğri qarorlar va tajribasizlik natijasi ekanini anglay olişmaydi va özlarining kamgina qobiliyatlariga işonişadi.

Çindan yuqori tajribaga ega insonlar esa özidagi qobiliyatlarga adekvat baho beriş bilan birga, öz mahoratiga biroz şubha bilan qaraşga moyil böladi. Ular özlari bajara oladigan iş-faoliyatni boşqalar ham qunt bilan örgansa, oson qila oladi, deb öylaşadi.

Tajribasizlik va bir vaqtning özida aqlsizlik u yoki bu sohaning asoslarini bilmaslikdan kelib çiqadi. Oddiy misol. Stol tennisida öynaş uçun şarikni uriş kerakligini bilamiz. Lekin uni qay tarzda, qanday pozitsiyada, qaçon, qanday zarb bilan uriş asoslaridan bexabarligimiz – tajribasizligimiz bu öyinda pand beradi. Şunga qaramay, tennis sohasida tajribasiz odamlar hali biror marta öynab körmay turib, tennis juda oson öyin deb öylaydi, yaxşilab şuğullansa, bemalol eplaşiga, hatto ğolib çiqişiga haddan taşqari işonadi.

Ilm, fan, ta'lim, madaniyat, texnika, kommunikatsiya kabi boşqa sohalarda ham tajribasizlik, kerakli bilim-könikmaga ega bölmaslik şu yönalişda bildiradigan kiçik fikrimizdan to muayyan faoliyatimizgaça omadsizlik olib keladi.

Danning-Kryuger effektiga köra, insonlar özi tajribasiz bölgan sohada quyidagilarga moyil bölişi isbotlangan:

1) öz qobiliyatlarini yuqori baholaşadi;

2) boşqalarning yuqori darajadagi qobiliyatini töğri çamalay olişmaydi;

3) özlarining tajribasiz va bilimsiz ekanligini anglab yetişmaydi;

4) biror professional öquv yoki treningdan ötgaç, öqib-örgangaç, avvalgi tajribasizligini tuşunişadi.

Ya'ni odamlar tajribasizlik sababligina bilmagan işiga qöl urib yoki tuşunmagan sohasida fikr bildirib, ahmoqona vaziyatga tuşişadi.