“Insonda muammo bor, uni yeçib beradigan çala mutaxassislar paydo böldi. Ular juda jadallik bilan köpayib ketib, mediada bemalol çiqişlar qilişni boşlaşdi, sababi bugun mediada kim ilğor bölsa unga murojaatlar soni köp böladi. Xalqning oğrib turgan yarasi bor, ular göyoki şartta şunga yeçim körsatganday bölişdi”, - deydi tibbiyot fanlari doktori, psixoterapevt Gavhar Darviş.
Bugun butun dunyoda ruhiy muammolar bilan kuraşayotgan odamlar psixolog xizmatiga ehtiyoj sezmoqda. Ammo instagramni tutib ketgan “psixologlar” armiyasi millionlab auditoriyani boşqaryapti, ular istagança narxlarda va körinişlarda öz xizmatlarini sotişyapti. Mutaxassislar buni marketing nayrangi deb hisoblaşmoqda.
Gavhar Darviş (Teşaboyeva) psixoterapevt:
“Bozor qonuni şunday: talab bölsa taklif ham böladi. Insonda muammo bor, uni yeçib beradigan çala mutaxassislar paydo böldi. Ular juda jadallik bilan köpayib ketib, mediada bemalol çiqişlar qilişni boşlaşdi, sababi bugun mediada kim ilğor bölsa unga murojaatlar soni köp böladi. Xalqning oğrib turgan yarasi bor, ular göyoki şartta şunga yeçim körsatganday bölişdi. Ammo bu yeçim har doim ham töğri bölmadi. Ular orasida öz sohasining haqiqiy professional mutaxassislari ham bor, lekin asosan mediani egallagan mutaxassislarni çala mutaxassis yoki psevdomutaxassislar desak töğri böladi. Ularni qanday aniqlasa böladi? Ular birdaniga bitta sessiyada muammoni hal qilib berişni va’da qilişadi. Oğriği bölgan odam, misol uçun farzandini yöqotgan odam şu qayğudan qutulişni istaydi va yeçim topişni qidiradi. Psevdomutaxassislar bir konsultatsiyada muammoni hal qilib beriş usulini taklif qilişadi. Bu marketing nayrangi hisoblanadi.
Farzandini yöqotgan bir ayol keldi, tuşlariga kirgan öğli, yurgan yölida köziga körinavergan, hayotni usiz tasavvur qila olmaydigan darajaga kelib qolgan. Çuqur depressiyaga tuşgan va şunaqa çalamutaxassisning qöliga tuşib qolgan. U bu muammoga yeçim va’da qilgan, ayol unga işongan. Bu yerda juda katta summa haqida gap ketyapti. Ba’zi holatlarda uyini sotib şunaqa mutaxassislarga borganlarniyam eşitganmiz. Bu bemorlar ulardan davo topa olmagandan keyin bizga kelişadi – endi uning uyi yöq, böynida qarzi bor va hokazo. Muammosi esa hal bölmagan.
Mutaxassisning bir martada natija va’da qilişi uning psevdo ekanligidan darak beradi. Uning qayerni bitirgani, neça yillik tajribaga ega ekanligi, mutaxassisligi böyiça diplomini söraş kerak. Ular xonasiga ilib taşlagan sertifikatlari muhim emas. Borişdan oldin bularni söraş kerak. Hali öqişni bitirmagan talaba bölişi yoki falonçi mutaxassisning qölida öqigan bölişi, qölida diplomi bölmasligi uning çala yoki soxtaligidan dalolat beradi.
Siz borayotgan mutaxassis aynan qanaqa metodika bilan işlaşini bilişingiz şart. U sizga qöllamoqçi bölgan usulining nomini bilişingiz kerak. Çunki ruhiyatingizni çala va soxtaning qöliga topşirib bölmaydi. Ruhiyat – bu ma’naviyat, bu mentalitet, insonning butun borliği, içki dunyosi degani. Buni hammagayam oçib bermaslikni maslahat bergan bölardim. Ya’ni haqiqiy mutaxassisga ruhiy muammo bilan boradigan bölsangiz, ular sizga yeçim taklif qiladi va bu bitta seansda bölmaydi. Buning uçun siz işlaysiz. Mutaxassis bilan birgalikda ter tökasiz. Unga vaqt, kuç va bilim ajratasiz. Ma’lum bir muddatdan keyin, deylik 3 oy yoki 1 oy, balki 1 yil (örtaça 6 oy) muddatdan keyingina muammolarga haqiqiy yeçim topsa böladi”.













