Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijtimoiy tarmoq orqali haqoratli so‘zlarni aytgan aka-uka aniqlandi, ular qilmishidan pushaymon bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlarning qozoq segmentida tarqalgan videolavha ko‘pchilikning e'tiroziga sabab bo‘ldi. Unda o‘zbekistonlik ikki yigit mast holatda qozog‘istonlik fuqarolarning sha'niga tegadigan darajada, kurakda turmas so‘zlarni aytishgan.
Xorazm viloyati IIB tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida bu shaxslarning kimligi aniqlandi. Ular Xorazm viloyatida yashovchi aka-ukalar bo‘lib, ilgari Qozog‘istonda ishlashgan. Hozirgi vaqtda Rossiyada mehnat qilishmoqda.
O‘tkazilgan profilaktik suhbat davomida ular o‘z ishidan pushaymon ekanini, o‘sha paytda mast holda bo‘lishgani sababli, oqibatini o‘ylamasdan so‘zlaganini bildirib o‘tishdi.
Ushbu ikki nafar yigit qozog‘istonliklardan uzr so‘ragan.
Mavzuga oid
16:23 / 24.06.2026
Xorazmda ham jamoat transportida to‘lovlar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:23 / 28.04.2026