Jahon | 22:32 / 31.08.2020
4634
1 daqiqa o‘qiladi

Jahon savdo tashkiloti rahbari o‘z lavozimini muddatdan oldin tark etmoqda

Jahon savdo tashkiloti rahbari Roberto Azevedo o‘z lavozimini muddatdan 1 yil oldin tark etmoqda. Bu haqda The Economist nashri xabar berdi. 

Roberto Azevedo / Foto: Reuters

Azevedo keyingi faoliyatini Pepsi kompaniyasida davom ettiradi. JSTga a'zo 164 davlat hozircha Azevedo o‘rnini kim vaqtinchalik egallashi haqida bir qarorga kelmagan.

62 yoshli braziliyalik JST rahbari lavozimini 2013 yildan beri egallab keladi. Uning ikkinchi 4 yillik muddati 2017 yil sentyabrda boshlangan edi.

Azevedo iste'foga chiqishini 2020 yil may oyidayoq e'lon qilgan. O‘shanda u “bu qarorga kelishi oson bo‘lmagani”ni ta'kidlab o‘tgan.  

Mavzuga oid