Muzokaralarda Özbekistonning JSTga a’zo bölişi böyiça Muzokaralar guruhi a’zolari, şuningdek, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Bojxona qömitasi va Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi vakillari iştirok etdi.

Suhbat çoğida Özbekistonning JSTga a’zo böliş böyiça Işçi guruhining navbatdagi, 6-yiğilişiga tayyorgarlik köriş yuzasidan amalga oşirilgan işlar töğrisida batafsil ma’lumot berildi. Özbekiston tomonidan taqdim etilgan barça hujjatlar böyiça Buyuk Britaniya mutaxassislarini qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

Buyuk Britaniyaning Özbekistonning Taşkilotga a’zo böliş jarayoniga texnik kömak körsatiş loyihasi doirasida hamkorlikning istiqbolli yönalişlari muhokama qilindi.