Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyenevada O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi masalasi ko‘rib chiqilyapti
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi delegatsiya Shveytsariyaning Jyeneva shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Ayni vaqtga qadar rejaga ko‘ra, xalqaro tashkilotlar vakillari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazildi.
O‘zA xabariga ko‘ra, J.Xo‘jayev Jahon savdo tashkiloti Bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan muzokara o‘tkazdi. Uchrashuv chog‘ida O‘zbekistonning JSTga qabul qilinishini tezlashtirish masalasi, joriy yil 14-15 mart kunlari ishchi guruhning 6-yig‘ilishini o‘tkazish imkoniyati muhokama qilindi. Jarayonni jadallashtirish maqsadida barcha a’zo davlatlar bilan tovar va xizmat bozoriga kirib borish yuzasidan ikki tomonlama muzokaralarni faollashtirish, muloqotlar yakuni bo‘yicha tegishli bayonnomalar imzolash zarurligi qayd etildi.
JST Bosh direktori hukumat tomonidan JSTga qo‘shilish maqsadida olib borilayotgan sa’y-harakatni, yirik a’zo davlatlar bilan ikki tomonlama muzokaralarni yuqori baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, respublikamizning faolligi, tashabbuskorligi tufayli mavjud hamkorlik ijobiy o‘sish sur’atini namoyon qildi.
Jyenevada kun tartibidan o‘rin olgan O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruh 6-yig‘ilishida ikki kun davomida respublika savdo rejimining barcha jihatlariga taalluqli 10 dan ziyod yangi hujjat ko‘rib chiqiladi.
Mavzuga oid
15:48 / 10.06.2026
Jyenevada O‘zbekistonning bolalar mehnatiga qarshi kurashdagi yutuqlari yuqori baholandi
10:51 / 24.02.2026
AQSh va RF Jyenevada yadroviy qurollar bo‘yicha shartnomani muhokama qildi
09:27 / 19.02.2026
Rossiya va Kiyev delegatsiyalari Jyenevadan uchib ketishdan oldin yana bir bor uchrashdi
08:29 / 19.02.2026