Qo‘qonda bosqinchilik jinoyatini sodir qilgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Joriy yilning 25 avgust kuni soat 01:30larda Qo‘qon shahrida A.A, O‘.I. va 16 yoshli, voyaga yetmagan M.J. bir guruh bo‘lib, Muqimiy shaharchasi ko‘p qavatli uylar orasida joylashgan yo‘lak orqali yashash uyiga velosipedda ketayotgan 28 yoshli Ya.D.ni to‘xtatishgan.
Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, ular Ya.D.ni urib do‘pposlab, narxi 2.000.000 so‘mlik Mongoose PRO rusumli velosipedi hamda narxi 1.500.000 so‘mlik Honor 10 Layt rusumli uyali telefon apparatini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan A.A., O‘.I. va M.J.ga nisbatan Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O‘.I.ga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Mavzuga oid
10:23 / 07.11.2024
DXX: Qo‘qonda xalqaro terroristik tashkilot tarafdorlari ozodlikdan mahrum etildi
23:02 / 13.09.2024
Qo‘qonda gaz to‘ldirish shoxobchasida turgan avtobusda yong‘in sodir bo‘ldi
18:00 / 12.09.2024
Qo‘qonda o‘g‘irlangan avtomobil pachaqlangan holda topildi
15:06 / 11.07.2024