Jahon | 15:33 / 31.08.2020
5347
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp shaharlardagi zo‘ravonliklarni faqat kuch bilan to‘xtatish mumkinligini aytdi

 Yakshanba kuni Portlendda Black Lives Matter harakati a'zolari va Tramp tarafdorlari o‘rtasidagi to‘qnashuvda bir kishi og‘ir jarohatlandi.

Foto: AP Photo/Alex Brandon

AQSh prezidenti Donald Tramp demokratlar boshqaruvidagi shaharlarda o‘sib borayotgan zo‘ravonliklarni faqat kuch yordamida to‘xtatish mumkinligini aytdi.

 "Demokratlar boshqarayotgan shaharlardagi yuqori darajadagi jinoyatchilikni to‘xtatishning yagona yo‘li – bu kuch!" – deb yozdi Tramp tvitterda.

 U politsiya zo‘ravonligiga qarshi namoyishlar bo‘layotgan Portlend shahri merini ushbu vaziyatni yuzaga keltirishda aybladi.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, "Portlend aholisi boshqa shaharlar aholisi kabi qonun va tartib bo‘lishini istaydi", ammo Portlend rahbariga o‘xshagan demokrat-merlar buni amalga oshira olmaydi.

 Yakshanba kuni Portlendda Black Lives Matter harakati a'zolari va Tramp tarafdorlari o‘rtasidagi to‘qnashuvda bir kishi og‘ir jarohatlandi.

 Avvalroq Portlendda namoyishchilar politsiya assotsiatsiyasi binosiga o‘t qo‘yishgandi.

Mavzuga oid