Jamiyat | 15:44 / 01.09.2020
12612
2 daqiqa o‘qiladi

Chiroqchi tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori koronavirusdan vafot etdi

Chiroqchi tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori To‘lqin Ashurov vafot etdi. Bu haqda Qashqadaryo sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati ma'lum qildi.

«Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi jamoasi Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasining boshlig‘i To‘lqin Ashurov vafot etgani sababli uning oila a'zolari va barcha yaqinlariga chuqur ta'ziya izhor qiladi», deyiladi xabarda.

To‘lqin Ashurov 2017 yildan buyon Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan. U so‘nggi kunlarda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirusdan davolanayotgan bo‘lgan.

Bundan avvalroq Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari - viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi huzuridagi COVID-19’ga qarshi kurashni muvofiqlashtiruvchi shtab rahbari Sherali Nurmatov ham koronavirusdan vafot etgani xabar qilingandi.

Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlarning barchasi ham Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy statistikada qayd etilmayapti. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 322taga yetgan, ammo haqiqiy qurbonlar soni bundan ko‘proq.

Mavzuga oid