Kun.uz ixtiyoriga Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumani hokimining birinçi örinbosari Zafar Ergaşevga tegişli ekani aytilgan audioyozuv kelib tuşdi. Unda amaldor aholini kambağallikdan çiqariş böyiça odamlarga 10-20 mln sömdan kredit beriş böyiça topşiriq ijrosini sörayotgani aks etgan. 

U qöl ostidagilarga sökiniş aralaş gapirgan.

Audioda hokim örinbosari agar odamlar kredit olmasa, «özlaring şu odamlarning nomiga kredit olasan» degan gapi ham eşitilgan. Zafar Ergaşev bu gaplarni qaysi yiğilişda, kimlarga qarata aytgani hozirça noma’lum.

Viloyat hokimligidagi manba Kun.uz'ga audiodagi ovoz Zafar Ergaşevga tegişli ekanini inkor qilmadi.

Ma’lumot uçun, Zafar Ergaşev bir muddat Çiroqçi tumani hokimi vazifasini vaqtinça bajaruvçi bölib işlgan. 2023 yil avgustidan esa uning örnini hozirgi hokim Fayzulla Yusupov egallagan. Şundan beri Zafar Ergaşev tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari sifatida işlab kelmoqda.