Surxondaryo viloyati Denov tumani hokimi Ilhom Abrorov hamda Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumani hokimi Fayzulla Yusupov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident raisligidagi yiğilişda ma’lum qilindi.

Kambağallikni qisqartiriş hamda aholi bandligini ta’minlaş böyiça olib borilgan işlar sarhisobiga bağişlangan yiğilişda Surxondaryo viloyati Uzun tumanini namunaviy hududlardan biri sifatida qayd etilgan, uşbu tumanda yil boşidan buyon kambağallik darajasi 10,5 foizdan 3 foizgaça kamaygan.

Uzun tumaniga nisbatan 4,5 barobar köp mablağ olgan Denov tumani hokimligi esa işlarni öz holiga taşlab qöygani körsatib ötilgan. Kambağal oilalar reyestriga kirganidan buyon 1200 ta oila daromadida özgariş bölmagan.

Çiroqçi tumaniga esa joriy yil mahallada tadbirkorlikni rivojlantiriş uçun kreditga 309 milliard söm resurs berilgan. Lekin tuman hokimligi şunça resursi bilan ham odamlarga imkoniyatiga yaraşa tayyor loyiha bermagan.

“Tumanning iqtisodiyot kompleksida 153 nafar xodim işlaydi. Tuman hokimi Yusupov, uning birinçi örinbosari Ergaşev şunça xodim, şunça resurs bilan odamlarga imkoniyatga yaraşa tayyor loyiha beriş örniga, aholini yoppasiga kredit olişga majburlayapti. Uning qaytimini öylaganiyam yöq”, dedi Şavkat Mirziyoyev.

Şu bois Denov tumani hokimi Ilhom Abrorov, uning birinçi örinbosari Ş.Töraqulov, Çiroqçi tumani hokimi Fayzulla Yusupov, uning birinçi örinbosari Zafar Ergaşev işdan olinişi belgilangan.

Şuningdek, ayrim tuman hokimlari bandlik masalalarida jiddiy kamçiliklar va közböyamaçilikka yöl qöyayotgani körsatib ötildi.

Boş vazirga işga şunday yondaşgan 20 ta tuman – Yaşnobod, Buxoro, Ğijduvon, Koson, Xatirçi, Qumqörğon, Yangiyöl, Özbekiston, Guliston, Yakkaboğ, Andijon, Parkent, Toşkent, Nurobod, Uçtepa, Çortoq, Davlatobod, Oltinköl, Qiziriq, Kogon tumanlari hokimlariga nisbatan örnatilgan tartibda çora köriş topşirilgan.

  • Ma’lumot uçun, Ilhom Abrorov 2023 yil yanvaridan buyon Denov tumaniga rahbarlik qilayotgandi. Fayzulla Yusupov esa 2023 yil avgustida Çiroqçi tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.