Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda sobiq prezident vafoti munosabati bilan 7 kunlik motam e'lon qilindi
Hindiston hukumati sobiq prezident Pranab Mukerjining vafoti munosabati bilan 7 kunlik motam e'lon qildi. Avvalroq Mukerji xastalikdan 84 yoshida vafot etgani ma'lum qilingandi.
Ta'kidlanishicha, sobiq prezident xotirasiga hurmat sifatida e'lon qilingan motam 31 avgustdan 6 sentyabrgacha butun Hindiston bo‘ylab amal qiladi. Mamlakat bo‘ylab barcha binolarda bayroqlar tushirib qo‘yiladi, barcha rasmiy tadbirlar bekor qilinadi.
Avvalroq Mukerjining o‘g‘li va mamlakatning amaldagi prezidenti Ram Natx Kovind sobiq siyosatchining vafot etganini ma'lum qilishgan.
Pranab Mukerji Nyu-Dehlidagi harbiy gospitalda vafot etgan. U gospitalda 10 avgust kuni miyasidagi trombni olib tashlash bo‘yicha operatsiyani o‘tkazgan. Bundan tashqari, unda koronavirus aniqlangan.
Pranab Kumar Mukerji Hindistonning eng boobro‘ siyosiy arboblaridan biri bo‘lgan, u mamlakatga 2012 yildan 2017 yilgacha prezidentlik qilgan. U o‘z faoliyati davomida, shuningdek, moliya, mudofaa va tashqi ishlar vazirlari lavozimini egallagan.
Mavzuga oid
08:41 / 15.04.2026
O‘zbekiston va Hindiston harbiylari qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi
10:10 / 04.04.2026
Hindiston O‘zbekistonda bodomzorlar tashkil etadi
15:19 / 02.04.2026
Bir milliarddan ortiq aholi, uch million amaldor, 33 ta savol - Hindistonda aholini ro‘yxatga olish boshlandi
08:30 / 02.04.2026