Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Imtihon kunlari Buxoroning ba'zi ko‘chalarida transport vositalari harakati cheklanadi
OTMlarga kirish imtihonlari kuni Buxoro shahrining ayrim ko‘chalarida transport harakati cheklanadi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB YHXB Axborot xizmati xabar berdi
“Buxoro shahri hokimining 2020 yil 26 avgustdagi farmoyishiga asosan Buxoro shahrining Islom Karimov ko‘chasining «Dilkusho» tenis majmuasida test sinovlari o‘tkazilishi davomida shaharning Islom Karimov ko‘chasi bilan Navoiy Shoh ko‘chalari kesishmasi, shuningdek, Sadriddin Ayniy ko‘chasida joylashgan «Umid» sport majmuasi hamda Ibrohim Mo‘minov va Hofiz Tanish Buxoriy ko‘chasi kesishmalarida joylashgan «Buxoro» sport majmuasida test sinovi o‘tkazilishi belgilangan, deyiladi xabarda.
Buxoro viloyati IIB YHXB katta inspektori Ulug‘bek Shukurlayev so‘zlariga ko‘ra quyidagi ko‘chalarda transport harakatiga cheklov qo‘yilgan:
- shaharning Muhammad Iqbol va Islom Karimov ko‘chalari kesishgan qismidan Zulfiya ko‘chasi bilan kesishgan qismigacha,
- Hamza ko‘chasining Hofiz tanish Buxoriy kesishgan qismidan Ibrohim Mo‘minov ko‘chasi kesishgan qismigacha,
- Ibrohim Mo‘minov ko‘chasining Hamza ko‘chasi bilan kesishgan qismidan Navoiy Shoh ko‘chasi kesishgan qismigacha, Islom Karimov ko‘chasining Vobkent ko‘chasi bilan kesishgan qismidan Ibn Sino Shoh ko‘chasi kesishgan qismigacha,
- Sadriddin Ayniy ko‘chasining Islom Karimov ko‘chasi kesishgan qismidan «Umid» sport majmuasigacha bo‘lgan oraliqda barcha turdagi yuk va yengil avto transport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2020/2021-o‘quv yili dasturi bo‘yicha OTM larga kirish test sinovlari 2 sentyabrdan boshlanishi belgilangan.
Mavzuga oid
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026