Jahon | 08:22 / 01.09.2020
6548
2 daqiqa o‘qiladi

JSSTda koronavirusga qarshi vaksinaning samaradorligi qancha foiz bo‘lishi kerakligi ma'lum qilindi  

Foto: iStock

Koronavirusga qarshi ishlab chiqilayotgan vaksinalar pandemiyani yengish uchun kamida 50 foiz holatlarda o‘z samaradorligini ko‘rsatishi kerak. Faqat shunday samaradorlikdagi emlashgina foyda keltiradi. Bunday fikrni JSSTning bosh ilmiy xodimi Sumya Svaminatan bildirdi.

“Samaradorlik – tibbiy ishlanmalarni baholash va keyinchalik ularni qo‘llashga tavsiya qilishdagi muhim omildir. Natijadorlik kamida 50 foiz bo‘lishi kerak, biroq undan yuqori bo‘lgani maqbul. Bundan past ko‘rsatkichlarga ega vositalarni ro‘yxatga olish befoyda hisoblanadi”, deb aytgan JSST vakili. 

JSST ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda dunyoda koronavirusga qarshi 170ga yaqin vaksina ishlab chiqilmoqda. Rossiya dunyoda biroinchi bo‘lib koronavirusga qarshi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazdi. Biroq “Sputnik V” deb nomlangan vaksinaning ro‘yxatdan o‘tkazilishi 3-bosqich sinovlarisiz amalga oshirilgan. Shu sababli ba'zi davlatlar vaksinaning samaradorligi va xavfsiz ekaniga shubha bildirmoqda. Bu orada vaksinaning sanoat ko‘lamida ishlab chiqarilishi boshlab yuborildi. 20 dan ko‘proq davlat ushbu vaksinani sotib olish istagini bildirgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid