O‘zbekiston | 08:57 / 02.09.2020
4011
4 daqiqa o‘qiladi

Arxiv ishi sohasida qo‘shimcha davlat xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi

Vazirlar Mahkamasi 19.08.2020 yildagi “Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ayrim ma'muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 495-son qarorni qabul qildi.

Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi "O‘zarxiv" agentligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida" 2019 yil 20 sentyabrdagi PQ-4463-son qaroriga muvofiq, quyidagilar:

  • Ish haqi va ish stajini tasdiqlash haqida arxiv ma'lumotnomasini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti;
  • Oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv ma'lumotnomasini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti;
  • Arab alifbosida yaratilgan turk, fors va arab tilidagi hujjatlardagi axborotlar to‘g‘risida annotatsiya ma'lumotlarini tayyorlab berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti;
  • Arxiv hujjatlari, kitoblar va qo‘lyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi.

Norma’ning yozishicha, Prezidentning "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida" 2020 yil 2 martdagi PF-5953-son Farmoniga muvofiq tartib joriy etilganligi ma'lumot uchun qabul qilindi, unga binoan:

a) pensiyani hisoblash uchun mehnat stajini tasdiqlash va ish haqi miqdorini belgilashda arxiv ma'lumotlarini taqdim etmasdan:

  • 2005-2016 yillar davri uchun jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga majburiy badallar to‘g‘risidagi ma'lumotlardan;
  • 2016-2018 yillar davri uchun Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestri ma'lumotlaridan;
  • 2019 yil uchun fuqarolar ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestri ma'lumotlaridan foydalaniladi;

b) ushbu bandda ko‘rsatilgan davrlar uchun arxiv ma'lumotlaridan faqat tizimlarda zarur ma'lumotlar mavjud bo‘lmaganda yoki fuqaroning murojaati asosida foydalaniladi.
 
"O‘zarxiv" agentligiga o‘n kun muddatda YaIDXPda elektron xizmatlarni joriy qilish bo‘yicha texnik hujjatni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga kiritish topshirildi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga "O‘zarxiv" agentligi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda:

  • ma'muriy reglamentlar bo‘yicha davlat xizmatlari YaIDXP orqali joriy etilishini ta'minlash;
  • YaIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatishning har bir bosqichida murojaatlar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etish;
  • davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘langan davlat bojlari va yig‘imlar summasi hisobini yurituvchi yagona billing tizimi joriy etilishini ta'minlash topshirildi.

Moliya vazirligiga bir oy muddatda davlat arxivlari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun elektron ma'lumot almashishni ta'minlovchi axborot tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish, davlat arxivlarining axborot tizimini joriy etishda talab etiladigan moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun "O‘zarxiv" agentligiga zarur mablag‘ ajratilishini ta'minlash topshirildi.

Hujjat 20.08.2020 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid