Jahon | 22:42 / 02.09.2020
5348
1 daqiqa o‘qiladi

Hindiston chegaradagi to‘qnashuv sababli Xitoyning 118 ta dasturini bloklab qo‘ydi

Hindiston o‘z hududida Xitoyning 118 ta dasturini bloklab qo‘ydi. Hukumatning fikricha, ushbu dasturlar milliy xavfsizlikka tahdid soladi. Taqiqlangan dasturlar orasida PUBG Mobile, VPN for TikTok, Baidu va boshqalar bor. 

Foto: KUN.UZ

Ta'kidlanishicha, PUBG Mobile dasturining Hindistondagi oylik auditoriyasi 40 mln kishini tashkil qiladi.

Iyunda mahalliy hokimiyat Xitoyning 59 ta dasturini, jumladan TikTok, WeChat, Weibo’ni taqiqlab qo‘ygandi. O‘shanda bu dasturlarning Hindiston suvereniteti va yaxlitligiga zarar yetkazishi aytilgan.

Hindiston hukumati bunday qarorni Xitoy bilan geosiyosiy ziddiyatlar ortida qabul qilgan. Iyun boshida chegarada ikki davlat chegarachilari ishtirokida yuz bergan mushtlashuvda 20 hind harbiysi halok bo‘lgan.

31 avgustda Hindiston mudofaa vazirligi chegara oldida joylashgan Ladakx tumanida xitoylik harbiylar bilan yangi to‘qnashuvlar yuz berganini ma'lum qilgan. Ta'kidlanishicha, to‘qnashuvlar Pangong-Tso ko‘li bo‘yida 30 avgustga o‘tar kechasi yuz bergan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid